Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə54/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Protestantizm. Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan Reformatsiya harakati bilan bog‘liq juda ko‘p mustaqil cherkovlar va sektalarni o‘z ichiga oladi.
Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so‘zidan kelib chiqqan. Bunday nomni olishiga sabab 1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ammo 1529 yilda ikkinchi Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va besh knyazlik norozilik (protest) e’lon qildi
Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Insonning najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqlanib qoldi.
O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Ibodatlar faqatgina lotin tilida olib borilishi, Bibliyaning faqatgina ruhoniylar tomonidan sharhlanishi zarurligi shartlari inkor etildi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi. Asror (tainstva)lardan faqat cho‘qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi.
Lyuter tomonidan tuzilgan Reformatsiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib berilgan. Ular Vittenberg nasroniy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan. Tezislarning bir nusxasida Iso payg‘ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi», deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor.
Tavba ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezisda Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi. Bu bilan u katolitsizmdagi «a’rof» va u bilan bog‘liq indulgensiya masalasini rad etadi. Aytadiki, papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). «Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavba-tazarru qilish talab qilinmaydi» degan ta’limot Iso ta’limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarning gunohlarini Xudo kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin. Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».
Lyuterning ta’kidlashicha, cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va Xudoning marhamatidir. «Xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas, boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li ruxsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin