Pravoslav oqimidagi diniy mansablar. Pravoslav oqimidagi diniy mansablar. Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bo‘linadi: 1) diakon, 2) ruhoniy (svyaщennik), 3) yepiskop.
Diakon (grek. “xizmatchi”) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi hisoblanadi. U mustaqil hech qanday ibodatni boshqara olmaydi, balki faqatgina ruhoniy yoki yepiskopga ibodat marosimini o‘tkazishda yordam bera oladi, xolos. Uni ruhoniylik sirliligiga (tainstvo) yepiskop qabul qiladi. Katta diakonlar protodiakon, rohib diakonlar ierodiakon, katta ierodiakonlar arxidiakon deb ataladi.
Ruhoniy (svyaщennik) yoki ierey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi tabaqasi hisoblanadi. U boshqalarni ruhoniylikka bag‘ishlash va cherkov suvini muqaddaslashtirishdan boshqa barcha sirli marosimlarni bajara oladi. Kichik ruhoniylar ierey, katta ruhoniylar protoierey va eng katta ruhoniylar protopresviter deb nomlanadi.
Yepiskop yoki arxiierey ruhoniylikning eng oliy unvoni hisoblanadi. Yepiskoplar barcha ibodat va sirli marosimlarni bajara oladilar. Shuningdek, ular ma’lum bir shahar, viloyat cherkovi yoki yeparxiyani boshqara oladilar. Nisbatan kattaroq yepiskoplar arxiepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.
Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katolik oqimidir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm “umumiy, dunyoviy” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra uning birinchi yepiskopi apostol Petr bo‘lgan. Katolik diniy ta’limotining asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq pravoslav cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.
Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik – selibat haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir.
Katolitsizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i bo‘lib, u diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.
Katolik cherkovining markazlashuvi, jumladan, diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas Ruh Ota-Xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra esa Muqaddas Ruh Ota-Xudodan va o‘g‘il-Xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning asosi imon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, katolik ta’limotiga ko‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zaxirasiga» ega.
Cherk