Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə50/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

2. Xristianlik ta’limoti. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo‘lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g‘oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o‘g‘il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to‘g‘risidagi ta’limotni, jannat va do‘zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi.
X.ning diniy ta’limoti mazmunini asosan quyidagilar tashkil etadi: Xudo muqaddas uchlikda (troitsa) namoyon bo‘ladi. Ya’ni Xudo uch qiyofali, lekin yagonadir. Bu degani, Xudo Xudo-Ota, Xudo-O‘g‘il, Xudo-Muqaddas Ruhdan iborat. Biroq, bu uch qiyofali xudolar ayni paytda shaxslariga ko‘ra farq qiladilar. Xudo-Ota tug‘ilish yo‘li bilan paydo bo‘lmagan, uni hech kim yaratgan emas. Xudo-O‘g‘il esa, tug‘ilgan. Xudo-Muqaddas Ruh esa, Xudo otadan paydo bo‘lgan. Asosiy aqidalar quyidagilardir: xudo-O‘g‘il (Iso) Masih, ya’ni Xudo yarlaqagan vakil. U ilohiy xaloskor. Iso-Xristianlikning asoschisi; Iso o‘ldirilgandan keyin osmonga ko‘tarilib ketgan, u kelajakda tiriklar va o‘liklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi; Iso ham ilohiy, ham insoniy tabiatga ega; Bibi Maryam Xudoning onasi, u qizlik iffatini saqlangan holda ilohiy xomilador bo‘lgan va Isoni tuqqan; ikonalarga sig‘inish; Xudo hamma narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni hech kim yaratgan emas. Xudo dunyoning yaratuvchisidir; odamzot tug‘ilgan paytidan boshlaboq gunohkordir; Xudo yaratgan mavjudotlarning gultojisi edi, chunki u insonni o‘ziga o‘xshash qilib yaratgan edi. Bu o‘xshashlikning asosiy qirralari bu insonga berilgan aql-idrok, iroda, abadiy o‘lmasliklarida edi. Xudo butun kosmik tartibni insonga bog‘liq qilib qo‘ydi. Biroq inson o‘zining irodasini, erkini Xudo irodasiga, erkiga qarama-qarshi qilib qo‘yganligi uchun uni abadiy gunohkorlikka mahkum etgan; cho‘qintirish yo‘li bilan Xudo odamlarga najot yo‘lini ochib bergan; Odam va Momo Xavo qilgan ish shunday gunohi azim ediki, odamlar qiladigan har qanday qurbonlik xudoni qanoatlantira olmaydi. Shuning uchun Xudo odamlarga rahm qilib, o‘z o‘g‘li Isoni o‘limga mahkum etgan. Bu qurbonlik Xudoni Isoga e’tiqod qilganlar bilan yarashtirgan va ularga cho‘qintirish marosimi orqali najot yo‘lini ochib bergan: faqat xristian cherkovi bag‘ridagina odamlar Xudoning marhamatiga, uning himoyasida bo‘lishiga umid bog‘lashlari mumkin; Iso o‘gitlariga, vasiyatlariga amal qilish, hayot mashaqqatlariga Iso kabi bardosh berish, buning evaziga narigi dunyoda ajr (mukofotga) erishajaklik muqarrarligi; jannat va do‘zahning mavjudligi; jonning o‘lmasligi1- haqidagi g‘oyalar mavjud.
Xristianlikning tarqalishi jarayonida unga aholining keng qatlami qo‘shila boshladi. Dastlabki xristianlik jamoalari tarkibida quyi qatlam vakillari ko‘pchilikni tashkil etardi. Keyinchalik jamoalarning tarkibida senatorlar va suvoriylar ko‘paya bordi. Xristianlik xarakatiga aslzodalar va ziyolilarning qo‘shilishi uning xarakterining o‘zgarishiga olib keldi.
Imperator xokimiyati o‘z navbatida jahon diniga juda katta ehtiyoj semoqda edi. Shu maqsadda milliy, jumladan, Rim dinidan foydalanishga urinish natija bermadi. Imperiyaning jami xalqi uchun tushunarli din zarur edi. Shuning uchun ΙV asrga kelib. Xristianlikni quvg‘in qilish o‘rniga uni faol qo‘llab quvvatlashga o‘tildi. Imperator Konstantin (285-337 yillar) 312 yilda xristianlikni Rim imperiyasining davlat diniga aylanishini boshlab bergan Milan ediktini e’lon qildi. U 325 yilda mutlaq xukmronlikni qo‘lga kiritgach, butun Rim imperiyasida xristianlikning erkinligini, mamlakatdagi boshqa dinlar bilan tengligini ta’minladi.
X. 311 y.da rasman ruxsat berilgan dinga aylangan. Imperator Konstantin 324 X.ni davlat dini deb e’lon qilgan.
Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, yani 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshirildi.
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin