G L O S S A R I Y Aximsa, Aximsa, Ahimsa- hind diniy-falsafiy ta’limotlarida mavjud bo‘lgan tirik jonga ozor bermaslik qonuni
Budda, Budda, Buddha – (sanskr. «nurlangan, oliy haqiqatga erishgan») buddaviylik asoschisi Siddxartxa Gautamaga berilgan nom.
Varna, Varna, Varna– (sanskr. «sifat, rang») qadimiy hind jamiyatidagi diniy-sinfiy kasta.
Vinaya-Pitaka, Vinaya-pitaka, Vinaya-pitaka – Tripitakaning rahboniylik odobi va xonaqoh nizomiga bag‘ishlangan qismi.
Kanjur, Kanjur, Kanjur (tibetcha – “Budda o‘gitlari”) – buddaviylikning asosiy aqidaviy masalalari bayon qilingan kitob. Milodiy XIV asrda to‘plangan. 7 bo‘lim, 108 jild, 84 000 o‘gitdan iborat.
Karma, Karma, Karma– (sanskr. «harakat, burch, faoliyat») hindlarning diniy ta’limotlarida alohida mistik kuch, insonni qayta dunyoga kelishiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsatadigan amallar to‘plami
Kasta, Kasta, Kasta – (portugal. «irq, qavm, tabaqa») muayyan kasb bilan shug‘ullanadigan, o‘ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan o‘zgalardan ajratilgan ijtimoiy guruh.
Maxayana, Maxayana, Mahayana– (sanskr. «katta g‘ildirak») buddaviylikdagi oqim.
Meditatsiya, Meditatsiya, Meditation – (lot. «fikrlash, o‘ylash») shaxsning ruhiy faoliyatga chuqur berilish holati.
Mistitsizm, Mistitsizm, mysticism – (qad. yunon. «yashirin, sirli») ilohiyot olami bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot.
Nirvana, Nirvana, Nirvana – (sanskr. «so‘lish») buddaviylik va jaynizm diniy falsafalariga ko‘ra, ruhning sansara kishanlaridan to‘la ozod bo‘lishi va oliy maqomga erishish.
Pergament, Pergament,vellum – qog‘oz kashf etilguniga qadar yozuv materiali sifatida ishlatilgan teri.
Rohib, Monax, monk, friar (yunoncha-monax – “zohid”) – buddizmda dunyoviy lazzatlardan tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Siddxartxa Gautama, Siddxartxa Gautama, Siddhartha Gautama – Buddaning shaxsiy ismi.