Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə43/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Ikkinchi olam – “bodhisatva”. Bu jannat, jannatning yaratuvchisi Amitabh bunda hukmronlik qiladi. Bu olamda yerdagi gunohlardan halos bo‘lgan, ammo eng oliy olamiga ko‘tarila olmagan avliyolar yashaydi.
Uchinchi olam – bu eng quyi olam bo‘lib, unda odamlar va hayvonlar yashaydi. Ammo ruh qafasda bo‘ladi. Ruh yuqori olamga ko‘tarilishi uchun esa, odamlar savob ishlar qilishi lozim. Inson hayotida abadiy qiynoqqa duchor bo‘ladi. Bu jarayonn «hayot g‘ildiragi» deb atalib, u doimiy ravishda aylanaveradi, ya’ni inson qayta tug‘ilaveradi va bu dunyo qiynoqlaridan uzila olmaydi. Insonni keyingi hayotidagi kelajagini uni yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan karma hozirlaydi.
Demak, qayta tug‘ilish bu qiynoqlarga duchor bo‘laverishdir. Buddaviylar fikricha, nirvana holatiga faqat Budda erisha olgan. Inson bu hayotida nafaqat inson, balki hayvon, o‘simlik, yomon ruh qiyofasida tug‘ilishi mumkin. Qayta tug‘ilishning oliy shakli inson bo‘lib, faqat insongina nirvanaga ko‘tarilishi mumkin. Nirvanaga yetishish uchun insonning o‘zi harakat qilmasa, unga hech kim yordam bermaydi, hatto xudolardan ham umid yo‘q. Xudolarning o‘zlari ham sansara qonuniga bo‘ysundirilgan.
Manbalari. Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka – «uch savat» ma’nosini anglatadi). U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Bu manbaning qo‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular Budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra-pitaka, rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka, buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddizmga oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun ahamiyati ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi Tripitakada jamlangan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin