Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


O‘rta Osiyoda Buddaviylik madaniyati



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə45/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

3.O‘rta Osiyoda Buddaviylik madaniyati. O‘rta Osiyo janubida amalga oshirilgan diniy islohotlar, ya’ni Buddaviylikning davlat dini sifatida qabul qilinishi uning mavqeini yanada oshirdi, u bilan bog‘liq atribut, tartib, vosita va manzillari, haykal, sig‘inadigan buyum va qurilmalarning shaklanishi hamda rivojlanishiga keng ta’sir etdi.
Buddaviylik dini bilan bog‘liq yodgorliklar O‘zbekiston hududida Termiz, Xorazm, Surhondaryodan, Bolaliktepa, Quva kabi joylardan topilgan. Buddaviylik dini bilan bog‘liq haykallar, o‘sha davr madaniyati va ruhiyati haqida ma’lumot beruvchi rasm va devoriy suratlar bu yodgorliklarda uchraydi. O‘rta Osiyoga Budda dini tarqalishi uning diniy marosimlari shaklida, bayram va ibodatlar, madhiya va tomoshalar shaklida yoyilishiga sabab bo‘lgan.
O‘rta Osiyoda Budda dinini davlat dini sifatida qabul qilgan Kushon shohlari bu din ta’limoti va ibodatini tarqatish uchun turli joylarda ibodatxonalar qurdirganlar. Ibodatxonalarda Budda va Bodhisatvalarning haykallari qo‘yilgan.
Shu tarzda diniy g‘oyalarni yoyishda haykaltaroshlik san’atining rivojlanish jarayoni boshlangan.
Buddaviylikning qabul qilinishi san’at va madaniyat xarakterida o‘z aksini topdi. Me’morchilik ham din bilan uyg‘unlashib, monastir va ibodatxonalar yuzaga kelishiga olib keldi.
Buddaviylik boshqa xudolarga sig‘inishni ta’qiqlamaydi. Ammo ularga ibodat qilish insonga vaqtinchalik tasalli berishi mumkin, lekin nirvanaga olib bormaydi, deb hisoblanadi. Shuning uchun ibodatxonalarda turli ilohlar va turli joylardagi ular ulug‘lagan shaxslarning timsollari qo‘yilishiga qarshilik qilinmagan.
Shuningdek, “Gautama yagona Budda emas. Bunday Buddalar Mahayanada 1000 nafarni tashkil etadi. Ularning eng mashhurlari Gautama Siddartha, ya’ni Buddaning asoschisi, Mayteriya – kelajak buddasi; u kelgusida dunyoni boshqaradigan voris; Manjushri-Budda – donolik timsoli; Aribudda – dunyoning yaratuvchisi va hukmdori.”1
Mahayana yo‘nalishi Buddani xudo deb e’lon qilgach, bu g‘oya xudolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Budda hayoti bilan bog‘liq tasvirlar, haykallar ishlangan. Budda vafotidan keyin uning poyqadami yetgan joylarda “stupa”, qadamjolar barpo etildi. Budda vafotidan keyin uning jasadi hind udumiga ko‘ra kuydirilib, yettita buddaviy jamoalariga bo‘lib yuborilgan va har bir jamoa uni dafn etgan joyda ibodatxona (stupa) barpo etgan va 7 ta botha daraxti ekilgan. Demak, stupa – Buddaviylikda qabrlar qo‘rg‘oniga ko‘tarilishdagi inshoot turidir. Rivoyatga ko‘ra, stupa Buddaning muqaddas murdasi turadigan joy bo‘lgan. Keyinchalik Budda tarixi bilan bog‘liq biron voqea sharafiga stupa yodgorligi qo‘yilgan. Stupaning arxitektura qurilishida doira yoki kvadrat bo‘lishi shart hisoblangan. Arxitektura tuzilishida stupa koinot belgisi hisoblangan. Bu diniy ta’limot bilan bog‘liq ibodatxonalar ichida nirvanaga erishish uchun sukunat, osoyishtalik bo‘lishi, xayol chalg‘imasligi kerak edi. Shuning uchun ibodat ko‘proq g‘or ichida yoki kimsasiz o‘rmonlarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan.
Bahodir Turg‘unov tadqiqotlariga ko‘ra, Dalvarzintepadan ikkita ehrom topilgan bo‘lib, unda Budda, Bodhisatva va boshqa mahalliy hukmdorlarning ham xaykallari topilgan. Mahalliy hukmdorlar Buddaga tuhfa keltirayotgan yoki sajda qilayotgan qiyofada aks ettirilgan. Dalvarzintepa ibodatxonasining haykallar zalida o‘tirgan Buddani aks ettirgan ulkan figurasi atrofida kichikroq o‘lchamdagi budda haykallarning tik turgan holati tasvirlangan. Buddaning atrofida tik turgan sakkizta figuradan oltitasi Budda atrofida joylashgan. Bunday noyob galereyani O‘rta Osiyoda birinchi bor uchratishimiz, deb yozadi B.Turg‘unov.1
Fayoztepada o‘tirgan Budda uning chap va o‘ng tomonlarida tik turgan rohiblar aks ettirilgan. Bunda ham yuqoridagi an’anaga asoslanilgan. Muqaddas Botha daraxti tasviri rohiblar bilan birga Fayoztepadan topilgan budda haykali fonida tasvirlangan. Budda tasviri tushirilgan bo‘rtma rasm Fayoztepa (Eski Termiz)dan topilgan bo‘lib, u taxminan I-II asrlarga taalluqli. O‘z atrofida rohiblari bilan birga aks ettirilgan Buddaning yagona mashhur tasviri, janubiy O‘zbekistonda mo‘l bo‘lgan marmarsimon ohaktoshdan ishlangan. Mahalliy haykaltaroshlik uchun g‘ayritabiiy bo‘lgan ustunsimon qurilma kompozitsiyasida joylashtirish uslubida ishlangan.1
Dalvarzintepa budda ibodatxonasidan xilma-xil kattalikdagi 25 ta haykallarning siniqlari topildi. Budda va Bodhisatvaning yirik haykallari obrazi budda haykaltaroshligining Hindiston gandhara maktabi an’analari asosida yaratilgan. “Turgan yoki o‘tirgan Budda haykalining yuqori qismi, odatda bo‘lganidek, parchalab tashlangan, ammo ayrim figuralarning quyi qismi ularning an’anaviy holatlarda tik turib va’z o‘qiyotgan yoki o‘tirib mushohada qilayotgan ko‘rinishlarda tasvirlanganini ko‘rsatadi. Ehtimol, ularning ba’zilari Budda Gautama hayotining turli lavhalarini aks ettiruvchi kompozitsion guruhlarga mansub bo‘lgandir?”2
Dalvarzintepa Budda haykallarida an’anaviy xususiyatlardan asosiysi, va’zxonlik qilib yurgan Budda hamda o‘ltirib xayolan duoxonlik qilayotgan, haqiqatni topgan Budda tasvirlangan. Ba’zan Buddani Bodhisatvalar qurshovida ko‘rish mumkin. Budda beg‘araz va xotirjam, uning shaxsiy kechinmalari ikkinchi darajali, uning qiyofasida yuksak orzular mujassamlashgan. Budda va bodhisatva liboslaridagi burmalar mahalliy an’analar va yunon an’analarining uyg‘unlashganidan dalolat beradi.
Dalvarzintepadan topilgan, I – II asrlarga taalluqli “Kushon shahzodasi boshi” haykali noyob haykallardan biridir. “Shahzoda labidagi sirli nim kulgi timsolni his-hayajonli qilib, jonlantiradi va u insoniy his-tuyg‘ularni aks ettirishi asosiga qurilgan qadimgi haykaltaroshlik tamoyillarini yodga soladi. Timsoldagi ko‘tarinki ruhiy holat ifodasi uni Budda ilohasi qiyofalariga yaqinlashtiradi.” 3
O‘rta Osiyoda Kushon davrining yodgorliklaridan yana biri Termez yonidagi Ayritom ibodatxonasidir. Bu ibodatxona peshtoqida sarg‘ish, oq toshlardan haykallar o‘rnatilgan bo‘lib, unda bir erkak va bo‘yinlariga marjon taqqan ikki musiqachi ayollar qo‘llarida nog‘ora, arfa kabi musiqa asboblarini chalayotganlari aks ettirilgan. Bu mashshoqlarning boshqa tarafida esa qo‘llarida turfa gullar va turli mevalar ushlagan holda shodlanib, ularni olqishlayotgan odamlarning haykallari mavjud. O‘rta Osiyoga Budda dini kirib kelganida buddaning muqaddas kitobi talqinini, uning aqidalarini kohinlar yerlik aholiga san’at vositasida tushuntirishga harakat qilar edilar. Ular Budda hayotidan turli voqealarni, uning dono o‘gitlarini she’r, musiqa, ashula va pantomim raqslar hamda mifologik obrazlar orqali maxsus ijrochilar ishtirokida namoyish etganlar. Shu sababli buddaning muqaddas kitobi O‘rta Osiyoda yozma manba shaklida emas, balki og‘zaki shaklda saqlanib qolgan.
Buddaviylik Kushon davlati tomonidan mafkuraga aylantirilgan bo‘lsada, biroq bu din unchalik e’tibor topmaganligi, milodning III asrida Moniy diniy e’tiqodi targ‘ib qilinganligi va bu din asosini zardushtiylik tashkil etib, unda buddaviylik, nasroniylik unsurlari borligi aytib o‘tildi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Buddaviylik Markaziy Osiyo xalqlari hayotida islomgacha bo‘lgan davrdagi inson va jamiyat ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Surhondaryo, Quva, Termez, Xorazm, Fayoztepadan topilgan ibodatxonalar va ko‘plab haykallar shundan dalolat beradi. O‘z davrida Buddaviylik o‘zining siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik g‘oyalarini haykaltaroshlik san’ati orqali keng targ‘ib qilgan. Ayniqsa, inson kamolotida karma qonuni deb atalmish axloqiy qonun, insonning qayta tug‘ilishi kabi falsafiy g‘oya san’atda ham aks etgan. Masalan, turli hayvonlar tasviri, mifologik qiyofalar, satirlar va shu kabi badiiy qiyofalarda tasvirlangan.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin