Sutra, Sutra, Sutra – (sanskr. «ip») Qadimgi Hindiston diniy-falsafiy ta’limotlarining lo‘nda iboralar shaklidagi qisqa bayoni. Diniy-falsafiy adabiyot turi.
Sutra-Pitaka, Sutra-pitaka, Sutra-pitaka – Tripitakaning din mazmuniga bag‘ishlangan qismi.
Tanjur, Tandjur, Tanjur (tibetcha – “sharhlar tarjimasi”) – buddaviylikning asosiy aqidaviy masalalari bayon qilingan “Kanjur” kitobining sharhi. 254 jild va 3 mingga yaqin matnlardan iborat.
Tantrizm, Tantrizm, Tantrism (sanskritcha – “tantra”-mato) – buddaviylik va hinduiylik dinlarida mavjud bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limot. Eramizning birinchi asrida paydo bo‘lgan. Insondagi jinsiy va shahvoniy xislatlar muhimligi asosiga qurilgan. Ta’limot asoslari “tantralar” deb nomlanadigan yozuvlarda bayon qilingan.
Tripitaka, Tripitaka, Tri-pitaka– (sanskr. «uch savat») buddaviylikning muqaddas kitobi.
Xinayana, Xinayana, Hinayana – (sanskr. «kichik g‘ildirak») buddaviylikdagi oqim.
Мазкур дин “Трипитака”да баён этилган ахлоқий-фалсафий таълимотларга асосланади
Мазкур динда олий илоҳ тушунчаси мавжуд эмас, балки вақт ўтиши билан Будда шахсининг ўзига сиғиниш одати юзага келган. Ибодатхоналарда Будда ҳайкаллари сиғиниш обьекти сифатида қўлланилади.
Буддавийлик дини муайян шароитлар тақозоси билан ўзгариб, янгиланиб борган. Ўз вақтида давлат дини мақомига эга кўтарилган мазкур дин бугунги кунда жаҳон динларидан бири мавқеига эга бўлди.