Xaloskor, Messiya, messiah – yahudiy va xristian atamasida Messiya(ivritcha - Mashiax; qadimgi yunoncha - Xristos). Yahudiylar aqidasiga ko‘ra Xaloskor qiyomatga yaqin kelib yahudiylarni najot sari yetaklaydi. Yahudiy “messiyasi” Dovud avlodidan bo‘lishi shart. Xristian aqidasiga ko‘ra esa xaloskor bu Iso Masihdir.
Xoch, krest,cross– krest, chormix.
Esxatologiya, esxatologiya – dunyoning oxiri, narigi dunyo, jannat, do‘zax haqidagi tasavvurlar majmui.
Yuhanno (Ioan, John) – Isoning 12 havoriylaridan va “Injil”ning mualliflaridan biri. Xristianlikka ko‘ra, Yuhanno “Yangi Ahd” tarkibiga kiruvchi “Vahiynoma” kitobining muallifi hamdir.
Yangi Ahd, Yevangeliya, The New Testement – Bibliya qismlaridan biri. To‘rt Injil, Havoriylar faoliyati kitobi, 21 ta havoriyning nomalari va Yuhannoning “Vahiynomasi” ni o‘z ichiga olgan, 27 kitobdan iborat.
Qadimgi Ahd, Vetxiy Zavet, The Old Testament – Bibliyaning qismlaridan biri. Tavrot (Musoning 5 kitobi), Zabur va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.
Tarqatma materiallar
Ilova
Ilova
Ilova
Mavzu yuzasidan savollar Xristianlikning ilk tarixi qachondan boshlanadi?
Xristianlikning muqaddas kitoblari qaysilar?
Xristianlik qanday ta’limotni ilgari suradi?
Xristianlikda qanday bayram va marosimlar bor?
Xristianlik dinidagi ilk bo‘linishlarning ijtimoiy-tarixiy omillari nimada edi?
Nima uchun monofizit va nestorian cherkovlari “yeres” deb e’lon qilindi?
Katoliklikning mohiyati nimada?
Pravoslavlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Protestantlik yo‘nalishining ajralib chiqishiga nima sabab bo‘ldi?