Ilova 2-o‘quv topshiriq «Blis-so‘rov» savollariga javob bering
№
Savollar
Javoblar
1.
Islomdagi ilk bo‘linishlarning sabablari nimada edi?
2.
Ilk islom davridagi g‘oyaviy kurashlar nima asosida bo‘lgan?
3.
Islomdagi mazhab va oqimlarning farqlari qanday?
4.
Islomda diniylik va dunyoviylik masalalari qanday hal qilingan?
5.
Islomdagi asosiy yo‘nalishlar qaysilar?
O‘quv topshiriq «Blis-so‘rov» savollari
№
Savollar
Javoblar
1.
Islomda yuzaga kelgan birinchi oqim qaysi?
2.
“Siffin” jangi qachon bo‘lgan?
3.
Taqdir masalasida birinchi ajralgan guruh qaysi edi?
4.
“Inson taqdiri avvaldan mutlaq belgilab qo‘yilgan” degan aqida tarafdorlari qanday atalganlar?
5.
Sunniylikdagi 47 % musulmonlar e’tiqod qiladigan mazhab qaysi?
Vizual materiallar
Mazhab so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib lug‘aviy jihatdan yo‘l, yo‘nalish degan
ma’nolarni anglatadi
Mazhab sunniylik istilohida biror shar’iy masala bo‘yicha muayyan mujtahid ulamoni ortidan yurishni anglatadi.
Mazhab umumiy ma’noda muayyan shar’iy masala bo‘yicha biror diniy olim ortidan yurish, shu masalaning yechimini u ko‘rsatgandek qabul qilishni anglatadi.
.
ISLOMDAGI YO‘NALIShLAR
Shialik mazhablari
Sunniylik mazhablari
Xorijiylik mazhablari
Fiqhiy
Aqidaviy
Zaydiy
Hanafiy
Moturidiya
Ibodiylar
Ja’fariy
Shofiiy
Ash’ariya
Azraqiylar
Ismoiliy
Molikiy
Sufriylar
Hanbaliy
Sunniylikda mazhab asoschisi mujtahid darajasiga yetgan bo‘lishi shart deb hisoblangan. Mujtahid shariat bilimlarini mukammal, dunyoviy bilimlarni zamon talabi darajasida o‘zlashtirgan ulamo hisoblangan. Binobarin, sunniylikda mazhab asoschilari ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni chuqur bilganlar.
Sunniylikdan boshqa yo‘nalishlarda mazhab asoschilari shar’iy bilimlarni mukammal egallagan insonlar bo‘lmay, balki o‘z his tuyg‘ularidan kelib chiqib, ilmiy asoslanmagan fikrlarni ilgari surgan “olimlar”dir. Ularning bunday harakati islomda firqalanishning kuchayishiga olib keldi.
2-savol.Islomda mazhablar yuzaga kelishining tarixiy jihatlari.
«Mazhab» atamasi islom dinining deyarli barcha sohalarida - akida (kalom), fiqh, hadisshunoslik, falsafa, tasavvufda barobar ishlatiladi. Ilk islomda mazhab tushunchasi asosan fikhiy maktablarga (masalan, al-Avzo’iy, Sufyon as-Savriy)nisbatan qo‘llanilganligi sababli, keyinchalik ham ko‘proq to‘rt fiqhiy mazhab (xanafiylik, molikiylik, shofiiylik, hanbaliylik) anglaniladigan bo‘lib qolgan.
Islomda asosan ikki yo‘nalish: sunniylik (Ahli sunna val-jamoa - sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib, ularning har birida turli masalalar bo‘yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo‘nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chikkanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Odatda, islom dini, islom ta’limoti deganda sunniylik nazarda tutiladi.
Sunniylik ko‘pgina arab va musulmon mamlakatlarning davlat mafkurasini tashkil kiladi. Eron Islom Respublikasida shialikning imomiy-ja’fariy mazhabi davlat huqukining asosidir. Sunniylikda fiqhiy maktablardan tashqari aqidaviy muammolarda ixtilofga borgan ko‘pgina mazhablar mavjud bo‘lib, ular asosan quyidagi masalalarda bir-biridan farq kiladi:
Oliy hokimiyat (imomat, xalifalik).
Imon.
Qazo va qadar.
Allohning zoti va sifatlari masalasi.
Fiqhiy masalalar.
Azaldan bizning yurtimizda fikdda hanafiylik, aqidada esa moturidiya ta’limotiga rioya kilib kelingan. Lekin usul (asosiy masalalar)da yuqorida sanab o‘tilgan sunniylik mazxablari orasida hech qanday ixtilof, qarama-karshilik yo‘qdir. Ularning barchasi «to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi» deb e’tirof etilgandir