Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Mazhablarning o‘zaro o‘xshash va bog‘liq jihatlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə91/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Mazhablarning o‘zaro o‘xshash va bog‘liq jihatlari

  • Sunniylikdagi mazhablar ijobiy xarakterga ega. Chunki ular ilmiy asosda, shar’iy bilimlarning taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan yo‘nalishlar hisoblanadi. Sunniylikdagi to‘rt mazhab islomdagi hurfikrlilik va bag‘rikenglik ifodasidir. Chunki, bu mazhablar asoschilar o‘zaro ustoz va shogirdlik vositasida aloqada bo‘lganlar. Demak bu mazhablar bir biridan mutlaqo ayro holda rivojlangan deyish xato hisoblanadi.

  • Hanafiy mazhabi asoschisi Imom A’zamning yaqin shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniydan shofiiy mazhabi asoschisi Imom Shofiiy dars olgan. O‘z navbatida Imom Muhammad molikiy mazhabi asoschisi Imom Molikdan ta’lim olgan. Shuningdek, hanbaliy mazhabi asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbal Imom A’zam shogirdi Imom Abu Yusuf va Imom Shofiiylarning shogirdi hisoblanadi.

  • Sunniylikdagi mazhab asoschilari shariatning asosiy masalalarida yakdil bo‘lganlar. Ular o‘rtasidagi ixtilof juz’iy masalalarda edi. Shu bilan birga ba’zi masalalarda ixtilof qilishgan bo‘lsa ham, bu ixtilof ilmiy asosga va o‘zaro hurmatga barpo qilingan edi. Naql qilishlaricha Shofiiy mazhabi asoschisi Imom Shofiiy Imom A’zam qabrlarini ziyorat qilib bo‘lganlaridan so‘ng, hali maqbaradan uzoqlashmay turib, o‘z mazhablari bo‘yicha emas, balki Imom A’zam asos solgan hanafiy mazhabi bo‘yicha ibodat qilgan ekanlar. Atrofdagilar buni sababini so‘raganlarida “Men qabr egasini (Imom A’zam) hurmati uchun shunday qildim” degan ekanlar. Mazhablar tarixida bunday misollar ko‘p.






Mazhabsizlikning salbiy oqibatlari



  • Dinimizga keng imkoniyat berilgan bizning xozirgi davrimizda ba’zi bir yetarli ilmga ega bo‘lmagan, xattoki, chukur islomiy va arabiy savodi yo‘q kishilar, mustaxkam manbaga asoslanmagan, yuzaki, tijoriy maksadlarda chikarilgan kitoblarga suyanib, hech bir mas’uliyat, gunohni o‘ylamay, so‘ralgan masalaga javob aytadigan bo‘lib qolganliklari achinarli bir holdir. Bundan tashqari, umuman dindan xabarlari bo‘lmagan kishilar, diniy erkinlikni suiiste’mol kilib, din to‘g‘risida xatto mazkur soxa mutaxassislarining fikrlari-ni inobatga ham olmay, makolalar yozib chikarmokdalar. Bu pirovard natijada musulmonlar o‘rtasida ba’zi bir masalalarda ixtiloflar chikishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday ixtiloflar ba’zi joylarda xatto ko‘ngilsiz voqealarga ham olib kelmokda.

  • Bunga, jumladan, har qanday mazhabga ergashishni, ya’ni mujtahid olimlar ishlab chiqish xulosani to‘g‘ri deb tan olishni xato xisoblaydigan ba’zi «olim»larning xalqimiz ongiga zararli ta’siri ham sabab bo‘lmokda. Ular musulmonlarni mutaassibchilikka, o‘zlarining asossiz, sarob va soxta xulosalariga ergashishga chorlamokdalar. Nazarimizda, taassub bilan kurashish choralaridan biri ommaga tegishli bilimlarni ilmiy asosda to‘g‘ri beriщdir. Xalq ommasi orasida diniy jaholatga qarshi kurash, dinni o‘zlariga niqob kilib olgan ba’zi guruxlarning salbiy ta’sirlari oddini olish bugungi kundagi is-lomshunoslik oldida turgan eng muxim vazifalardan biridir.Afsuski, bugungi kunda ham jaholat turli ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo‘lgan kishilar o‘zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko‘rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo‘ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o‘zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Bunday mudhish oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz katta e’tibor qaratilmoqda.







Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin