Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə94/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Tayanch so‘z va iboralar: Tasavvuf, tariqat, janda, jahriy zikr, maxfiy zikr, pir, murid, xojagon tariqati, suluk, yassaviylik, kubroviylik, naqshbandiylik, faqir, so‘fiy, zohid, sunnat, shariat, ma’rifat, haqiqat, fikr, zikr, sabr, zuhd, tabattul, tavba, sukra, sahv, qanoat, mulozamat-az-zikr, muroqaba, silsila.
1. Tasavvuf ta’limotining mohiyati va nazariy tizimi
Tasavvuf ilk islom davrida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, uning ildizlarini xristianlik, hinduviylik va buddaviylikdagi ruhan cheksizlikka intilib, u bilan birlashib ketish hamda xilma-xillikdan holi bo‘lgan oldingi yagonalik holatiga qaytish ma’nosida kelishligi ajablanarli emas. 
Tasavvufdagi “faqr”, “fikr”, “zikr”, “sabr”, “zuhd” kabi tushunchalar va hatto ilohiy muhabbat, ilohiy zot haqidagi o‘ylarning hammasi Qur’onning oxirat istagidagi sa’y-harakatining mantiqiy davomidir. Bu yo‘ldagi rostakam g‘ayri islomiy bo‘lgan unsurlar birinchi so‘fiylarning yozishma va tariqatlarigagina xosdir. Bunday tamoyillar “shariat” farzlaridan oshib tushib, undan yuqoriroq “haqiqatga” erishish istagida namoyon bo‘lgan. Bu shunday ma’nodaki, murid “haqiqat”ga erishish yo‘lida shariatdagina emas, balki hatto payg‘ambardan ham ko‘z yumishgacha borgan va xudo bilan bevosita suhbat qurib, unga o‘z iltijolarini aytish istagida bo‘lgan7
Shariatni ko‘rmaslikka olishning muhim namunalaridan biri “nikohga kirmaslik” (tabattul), ya’ni uylanmasdan o‘tishdir. Shunday qilib, oila qurish so‘fiyona parhezkorlik va muqaddaslikka erishish orzusidagi to‘siq deb talqin qilina boshlandi. Hasan Basriy, Robi’a va boshqa birinchi mashhur so‘fiylar nikohga kirishdan parhez qilibgina qolmay, balki bunga qarshi qat’iy kurashdilar.8
Insonda aql bilan tushuntirib bo‘lmaydigan holatlar bo‘lishini fan isbotlamoqda, ulug‘ kashfiyotlar aynan shu “behudalik” holatida qo‘lga kiradi. Orifona tasavvuf barcha ilmlarni qamrab oladigan hikmat, falsafani ham qo‘shadigan tasavvufdir. Oshiqona tasavvuf ishqiy kechinmalar, ishqiy-zavqiy irfonni birinchi o‘ringa qo‘yib, muhokama yuritadigan, to‘g‘rirog‘i muhokama-tafakkurdan ko‘ra his-hayajon, muhabbat shavq-zavqi toshqinini afzal ko‘radigan tasavvufdir. Malomatiya va qalandariya oqimlari ham mohiyatan oshiqona tasavvufning shahobchasidir. 
Movarounnahr diniy-irfoniy ta’limotining asoschilaridan biri Yusuf Hamadoniy(1048-1140)dir. U Movarounnahr va Xurosonda o‘z tasavvuf maktabiga asos soldi. Uning hayot tarzi halol yashashni targ‘ib qilishga qaratilgan edi. Yusuf Hamadoniy Buxoroda va keyinchalik Marvda tashkil etgan tasavvufiy to‘garaklarida payg‘ambarimizning “faqirlik fahrimdir” degan qudsiy kalimalarini o‘zining hayotiy shiori deb bilib, uni shogirdlariga singdira boshladi. Hamadoniy tasavvuf maktabidan kelgusida Turkistonda ommalashib ketgan “yassaviya” va “xojigoniya” tariqat asoschilari yetishib chiqdi. Yusuf Hamadoniy Marv va Buxorda xonaqo va madrasa qurdirib, ko‘plab turkiy zabon va forsiygo‘y shogirdlar tayyorladi. Buxorodagi shogirdlari orasidan Hasan Andoqiy, Abdullo Baraqiy, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G‘ijduvoniy alohida ajralib turardi. Keyinroq bu to‘rt iste’dodli shogird Hamadoniy maktabini muvaffaqiyat bilan davom ettirdilar . 
“Yassaviya”, “Naqshbandiya” tariqatlari Hamadoniy ta’limoti asosida shakllandi9
90 yoshdan oshgan mo‘ysafid donishmand Shayx Yusuf Hamadoniy Bomiyon (hozirgi Afg‘oniston) shahrida olamdan ko‘z yumadi. Uning jasadini shogirdlaridan Ibn Anjar (ustozi vasiyatiga ko‘ra) Marvga olib kelib dafn etadi .

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin