Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə125/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.1. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.

  2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. . – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.

  3. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.

  4. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.

  5. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2019.

  6. K.S.Guttenplan, J.Hornsby.C.Janavay.Reading philosophy. Blackwell Publishers Ltd. UK. 2003. R-341. A.Azami. Vvedenie v xadisovedenie. Kazan: 2011.

  7. A.Fitrat. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010, -301 b.

  8. Abu Xomid G‘azzoliy Kimiyoi saodat//Ikki dunyo saodatiga eltuvchi bilim – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2019.

  9. J.Rumiy. Masnaviy. 40 rivoyatga sharh. – Toshkent, Navruz, 2019.

  10. Islomov Z., Haydarov I. Xristianlik: ibodatxona, ibodat va marosimlari. – Toshkent: Qaqnus nashriyoti, 2020.

  11. G‘oyibnazarov Sh. Islom terrorizmga qarshi. – Toshkent, “O‘zbekiston”, NMIU 2021.

  12. David L. Mc.Mahan. The Making of Buddhist Modernism. Oxfordshire: «Oxford University Press», 2008.

  13. Todd M. Johnson. Religious Adherents of the World by Continent and Region// Religions of the World: A Comprehensive Encyclopedia of Beliefs and Practices/ J. Gordon Melton, Martin Baumann – Oxford, England: «ABC CLIO», 2010.


12-mavzu. Missionerlik va prozelitizmning diniy e’tiqodni tanlashga salbiy ta’siri


Reja:

  1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati.

  2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi.

  3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari.

  4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari.

Tayanch tushunchalar: Missionerlik, prozelitizm, sekta, diniy sektalar, diniy tashkilotlar, iegovo shohidlari, yettinchi kun adventistlari, missiya, Bibliya jamiyati.


Mavzu o‘quv maqsadi: missionerlik va prozelitizmning asl maqsadlarini tushuntirish, missionerlik tashkilotlarining vazifalarini ko‘rsatish, ularning salbiy oqibatlarini bayon qilish.

1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so‘zi asli lotincha bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi.


Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. Dastlabki xalqaro xristian missiyalari, 1910 yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida paydo bo‘lgan edi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko‘ngilli homiylarni topishda missionerlik bazalarining ahamiyati beqiyosdir. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur. Sekta bu – faqat o‘zini haq din, insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar.
Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Bogorodichiy sentr», «Serkov ob’edineniya», «Serkov Iisusa», «Serkov Novogo Zaveta», «Beloe bratstvo», «Bojestvennыy orden Pervogo Angela», «Farxat ata», «Dianetika» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.
Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida tashviqot olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda.
2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. So‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
Missionerlar o‘zlarining targ‘ibotchilik faoliyatini kuchaytirish maqsadida xilma-xil va turli davrlarga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqqanlar. Xristian nazariyotchisi Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan hudud - shimoliy kenglikning 10 va 40-parallellari orasida joylashgan, deb hisoblab, uni «10/40 OYNA», deb atagan edi. Ushbu parallellar orasi esa buddaviyliq konfutsiyliq xinduiylik, islom, sintoiylik va daosizm dinlari keng tarqalgan hududlar hisoblanadi. Bu hududda Osiyoning 40 ga yaqin, Afrika qit’asining 20 dan ortiq davlati joylashgan.
Missionerlikda eng avvalo hududlarga xos xususiyatlar inobatga olinadi. Masalan, «10/40 OYNA» hududiga kiruvchi mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholisining diniy qarashlari, turmush tarzi, missionerlik faoliyatini olib borishda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihatlar xaqida batafsil ma’lumotlar shakllantirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyodagi 3000 ga yaqin etnik guruhlar to‘laqonli faoliyat yuritadigan cherkovlarga ega emas.
«Uiklif» xalqaro xristian missiyasi «Xushxabar»ni 600 dan ortiq tilga tarjima qilgan. Ularning harakatlari natijasida 45 million kishi «Muqaddas kitob» tarjimasi bilan tanishgan.
Hozirgi kunda ushbu missiya dunyo bo‘yicha mavjud 6913 ta til guruhidan 1376 tasida ish olib bormokda. Bunda avvalo tilning lingvistik tadqiqoti amalga oshiriladi va bu ish oxir-okibatda «Injil» ni o‘sha tilga tarjima qilish bilan yakunlanadi. Missiyaning dunyoning 60 davlatida faoliyat yuritayotgan 5277 ta va maxsus tayyorgarlikdan o‘tayotgan 442 ta missioneri oldiga ana shunday vazifa qo‘yilgan.
Dunyo xalqlarini injillashtirish bo‘yicha mavjud rejalar haqida ham ta’kidlash lozim. 2002 yilda nashr etilgan AQShda «Butunjahon xristianligi tendensiyasi» kitobida 2000 yilgi ko‘rsatkichlar va 2025 yilgacha erishishi lozim bo‘lgan holat qiyosiy tahlil qilingan. Xususan, unda yozilishicha:

  • Yer yuzi aholisining «Injil» bilan tanishtirilishi 73,1 foizdan 100 foizga yetkazilishi;

  • dunyo aholisi tarkibidagi xristianlarning ulushi 33 foizdan 40 foizga o‘sishi;

  • xristianlarning 10 foizini tashkil qilgan missionerlarning ulushi 20 foizga ko‘tarilishi;

  • xristianlar o‘z daromadlarining 1,8 foizini cherkov hisobiga o‘tkazib kelishgan bo‘lishsa, bu ko‘rsatkich 3 foizga yetkazilishi;

  • har 3000 kishiga 1 ta missioner to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich har 1000 kishiga 1 ta missionerni tashkil etishi;

- cherkov mavjud bo‘lmagan, aholisi 50000 dan ortiq 116 ta shaharning barchasida cherkovlar yuzaga kelishi;
- cherkovlar tuzilmagan 1000 dan ortiq etnik guruhning har birida cherkovlar tashkil etilishi;
- Yo umuman tarjima qilinmagan, yoki qisman tarjima qilingan barcha tillarga «Injil» tarjima qilinishi lozim.
Real vokelik va missionerlar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni o‘rganish, afsuski, bu rejalarda belgilangan maqsadlarga asta-sekin bo‘lsa-da, erishilayotganini ko‘rsatadi.
Yevropa va Amerika qit’alarida missioner da’vatchilar mashhurlik borasida shou-biznes va kino yulduzlaridan qolishmaydilar. Ma’lum bo‘lishicha, televidenie orqali da’vat qilishdan eng ko‘p Adventist va To‘liq injil xristianlari jamoalari foydalanadi.
Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. Sektalarga xos xususiyatlar haqida gap ketar ekan, ayrim sektalar muayyan konfessiya doirasida shakllanib, asosiy e’tiborni sobiq e’tiqoddoshlari orasida targ‘ibot olib borishga, ba’zi sektalar esa boshqa konfessiyaga mansub insonlar orasidan ham o‘z tarafdorlarini shakllantirishga harakat qilishini ta’kidlash zarur.
Shuningdek, missionerlikning milliy hayotga tahdidi xususida ham to‘xtalib o‘tish lozim. Sir emaski, din milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta - qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Livan aholisining 90 foizdan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlikka (maroniy, pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida shakllantirilishi mustahkamlab qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma-xil omillar ta’sirida uning to‘laqonli faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda. Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan kelib chiqayotgan fuqarolar urushi esa bu birlikni ta’minlashni yanada mushkillashtirayotgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.
4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlarga olib kelishini hisobga olgan holda bu borada tegishli qonuniy asoslar ishlab chiqildi. Qonunlarda missionerlik harakatlari taqiqlandi.
Ma’lumki, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun (yangi tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» (5-modda, 3-band).
Mazkur moddadan kelib chiqib, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»ga noqonuniy diniy xatti-harakatlarning oldini olish bilan bog‘liq bir qator moddalar kiritilgan. Jumladan:

  • diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish;

  • diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish;

  • O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash;

  • noqonuniy diniy faoliyat bilan shug‘ullanish;

  • diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi;

  • dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish;

  • bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati;

  • maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdoridagi jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi haqidagi qoidalar mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlash zarur.

«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi»da «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»da nazarda tutilmagan bir qator harakatlar uchun ham jazolar belgilanganini qayd etish zarur. Jumladan:

  • voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish;

  • voyaga yetmagan bolalarni ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish;

  • dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish;

  • diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish;

  • g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash;

  • g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki tashkilotlari faoliyatida faol qatnashish bilan bog‘liq harakatlar belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdorida jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga axloq tuzatish ishlari, yoki qamoq yohud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimizda missionerlik va prozelitizmning oldini olish, ayniqsa yoshlarni bunday zararli oqimlar domiga tushib qolishlarining oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda yosh avlodni hozirgi davrda mamlakatimizda din sohasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan muntazam asosda tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, qiziqishlari, bilim darajalarini inobatga olgan va differensial yondashgan holda yoshlarning din, shu jumladan, xalqimiz asrlar davomida e’tiqod qilib kelgan islom dini haqidagi bilimlarni va milliy-diniy an’analar asoslarini sog‘lom asosda egallashlariga ko‘maklashish ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin