Vijdon Erkinligi, svoboda sovesti, freedom of religion – diniy e’tiqod erkinligi.
Diakon (yunoncha, xizmatchi) – xristian cherkovlaridagi eng quyi ruhoniylik darajasi.
Din arkonlari – ma’lum bir dindagi asosiy ibodatlar majmui.
Diniy bag‘rikenglik – kishilar va jamiyatda diniy asosda o‘zaro bir–birini tushunish, xolis va haqqoniy bilimlar, adolatli va haqiqiy baholar, o‘zaro hurmat va ishonchga, hamjihatlik va hamkorlikka asoslangan qarashlar va amaliy faoliyat tizimini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy–madaniy hodisa.
Yepiskop (yunoncha, «nazoratchi») – xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni. Yepiskoplar havoriylarning izdoshlari, deb hisoblanadi.
Injil, Yevangeliya, The New Testement - (yunoncha - “Yevangelie”) “Yangi Ahd"dagi Mark, Matto, Luqo va Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot yo‘li va mo‘jizalari bayon qilingan.
Kardinallar kollegiyasi – Rim katolik cherkovidagi oliy kengash. Papa o‘rni bo‘shab qolganda uning vazifasini bajarish va yangi Papani saylash vazifalarini bajaradi.
Kirxa, Kirxa, Kirkha (nemischa – “cherkov”) – lyuteran cherkovlarining nomi.
Konfessiya, konfessiya, – (lot. «e’tirof, e’tiqod») din, diniy e’tiqod.
Kosmogoniya, kosmogoniya, cosmogony – astronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo bo‘lishi va o‘zgarishlari haqidagi bo‘limi. Bu yerda osmon jismlarini ilohiylashtirish.
Kostel, kostel,roman catholic church (polyakcha, chexcha. – “cherkov”) – Rim katolik cherkoviga qarashli ibodatxonalarga nisbatan ishlatiladigan atama. Ushbu atama pravoslav yoki protestant cherkovlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Krishna, Krishna, Krishna – hinduiylikdagi e’tiborli xudolardan biri.
Luqo(Luka) – «Yangshi Ahd» tarkibiga kiruvchi to‘rt Injil mualliflaridan biri. Xristianlik tarixida Bibi Maryamning suratini chizgan birinchi inson sifatida tanilgan. Iso Masihning 70 havoriylari qatoriga kiradi