Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə26/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta’limotdir. U behuda qon to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadi.
Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo‘riq yer ochib, uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o‘rgatmoqchi bo‘ladi.
Zardushtiylik diniy e’tiqodida dualizm (ikki hudolik)ni emas, yakka hudolik (monoteizm)ni targ‘ib qilgan. Zardusht dunyo yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, ezgulik va yovuzlik, issiqlik va sovuqlik va h.zo kabi kuchlar o‘rtasida kechadigan kurash maydoni sifatida tasavvur qilinadi. Olamdagi barcha yahshilik, ezgulik, yorug‘lik kuchlarini Ahura Mazda yaratadi va boshqaradi. U o‘zining 6ta yordamchilari muqaddas ruhlar orqali insonlar, chorva, olov, yer, osmon, suv, o‘simliklar dunyosiga homiylik qiladi. Anhra Manyu barcha yovuzlik va zulmat kuchlarining timsoli sifatida Jin, Shayton, Iblis, Alvasti, Jodugar, dev, ajdaho, ilon kabilarni yaratib ular yordamida odamlar qalbiga qo‘rquv, dahshat solib, ularni o‘ziga tobe qilishga urinadi.
Zardushtiylikning harakterli hususiyatlaridan biri ko‘pgina ahloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan mavhum shaklda bayon etiladi. Kishilar tasavvuridagi yovuzlik va ezgulik kuchlari badiiy obrazli ifodalanadi, insoniy tus beriladi. Odamlar ikki qudrat o‘rtasida hayot kechiradilar. Yahshilik va yomonlik kuchlari doimo bir-birlariga qarshi kurashadilar. Kishilar o‘z amaliy ishlari bilan, ahloqiy sifatlari bilan yovuz kuchlarga qarshi ezgu ruhlarga ko‘maklashuvi lozim.
Avestoda uchta so‘z muqaddas hisoblanadi. Yahshi fikr, yahshi so‘z, yahshi amal.
Hind diniy-falsafiy ta’limotlari: vedizm, braxmanizm va hinduiylik dinlari.
Vedizm. Mil. Av. Ikkinchi mingyillik o‘rtalarida Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga g‘arbdan Xindikush dovoni orqali o‘zlarini oriylar deb atagan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar hind-yevropa tillarida gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo‘lishlari bilan birga she’riyatga ham usta edilar. Shu yo‘l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni xohlagan tarafga o‘zgartira olardilar. Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskr.-muqaddas bilim)ni olib kelgan edilar.
Hind adabiyoti juda boy, uch yarim ming yildan ortiq tarixga ega. Vaqt o‘tishi bilan undan anchagina qismi yo‘qolib ketgan edi. Ammo bu adabiytning boshlanishi vedalardir. Bu boshlanish bo‘sh, sayoz bo‘lmay, aksincha, juda ham puxta va ajoyib edi. U keyinchalik o‘z o‘rnida katta daryolar paydo bo‘lgan kichik irmoqni emas, balki ulkan dengizni eslatadi. U doimo asos manba bo‘lib qolaveradi. Albatta, Rigvedadan oldin qandaydir boshlanish bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‘lib, ular ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to‘rt yirik to‘plamdan iborat:

  1. Rigveda “Madhiyalar vedasi”)

  2. Samaveda (“Qo‘shiqlar vedasi”)

  3. Yajurveda (“ Qurbonliklar vedasi”)

  4. Atxarvaveda (“ afsun va jodular vedasi”)


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin