Brahmanlik veda dinlarining bir shohobchasidir. Vaqt o‘tishi bilan vedalardagi qo‘shiqlar ommaga, xatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo‘lib qoldi. Tilni o‘rganish uchun maxsus kishilar guruhlar tuzib vaqt ajratdilar. Natijada o‘z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o‘rganish, marosimlarni o‘tkazish va boshqarishga bag‘ishlagan brahmanlar kastasi (tabaqasi) paydo bo‘ldi. Ilohiy tilni o‘zgartirib bo‘lmasligi brahmanizmning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Oriylar umuman boshqa madaniyatga, hayot tarziga ega bo‘lgan xalqlar bilan uchrashib, mutloqo boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ular ko‘chmanchilikdan endi o‘troq hayotga , davlatda xukmron sinfga aylandilar. Ularning eski dinlari taraqqiy etdi. Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini mavqeini ko‘tarish, ibodat va marosimlarni murakkablashtirish xisobiga bo‘ldi. Shundan keyoin o‘zgartirish ta’qiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanizm ko‘proq ruhoniylar manfaatini himoya qilardi. Vedalarga tegishli sutralar san’atning alohida ko‘rinishi bo‘lib, ustalik bilan sof sanskrit tilida yozilgan edi.
Vedalar eng qadimgi ariylik dunyoqarashini ifodalardi. Vedalarni falsafa deb atash mushkul. Biz u bilan tanishib muayyan afsonaga g‘arq bo‘lamiz. Vedalar asosan madhiyalardan iborat bo‘lsa, Upaniadlarga dalil asslar muvofiq keladi. Upanishadlar veda dunyoqarashini anqidiy jihatdan idrok etilishidir.
“upanishada” atamasi donishmandning o‘z shogridariga ta’lim berish jarayonini bildiradi. Vaqt o‘tishi bilan bu atama falsafiy matnni ifodalaydigan bo‘ldi. Upanishadlarning markaziy mavzularidan biri tug‘ilish va o‘limning abadiy “almashinuvi” g‘oyasidir. Bunday g‘oya tirik mavjudotlarning o‘limidan keyin yana qayta tirilishini nazarda tutadigan ular ruhlarining ko‘chib yurishi (reinkarnatsiya0 haqidagi ta’limotga asos qilib olingan. Tug‘ilish bilan o‘lim o‘rtasidagi abadiy qayta tiklanib turadigan sikl sansara deyiladi. Aynan ana shunday siklda insonning eng teran “mohiyati” 9atman) takror va takror qayta tiklanaveradi. Upanishadlarning ayrimlari, atman o‘zgarmas va substansional narsa hisoblanadi.
Upanishadlarning boshqa bir muhim qoidasi atman bilan brahmanning bir biriga tenglashtirilishidir. Atman bilan brahmanning bir biriga tenglashtirilishi atman absolyut yoki ilohiy bilan teng degani bo‘ladi. Bunga o‘xshash qarashlar odam (yoki uning ruhi)Xudo bilan ayni bir narsa bo‘la oladigan g‘arb mistikasida ham mavjud.
Upanishad faylasuflari shu tariqa olamdan yuz o‘girib olishdi. Ularning maqsadi zohidlarcha dunyodan qochish edi. Ularning e’tiqodicha, xaqiqat matndami yoki tabiatdami bo‘lishidan qat’iy nazar “tashqarida” emas. U sening ichingda. Sen o‘z o‘zingni topishni o‘rganishing kerak.u faqat sen tomoningdan va o‘zingning shaxsiy say xarakating yordamida ishab chiqiladi. Sansara qoidasi nafaqat upanishadlarda buddizm falsafasida ham yetakchi o‘rin tutadi.
Karma xati xarakat, amalni anglatadi. Karma qayta tug‘ilishga ishonch va axloqiy sababltltk g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sabablilik deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Biz har bir kishi o‘zi xizmat qilgan narsasini oladigan olamda yashaymiz, lekin bu yerda yana keyini hayotda yaxshiroq xolatga erishish imkoniyati ham mavjud. Boshqacha aytganda, dunyodagi barcha nomukammalliklar va azob uqubatlar odamning o‘z xatti xarakatlarining oqibatidir. Biroq muayyan tabaqaga mansublik odam uchun yaxshi va yomon bo‘lib xisoblanadigan narsani jidiy darajada taqdim etadi. Shunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni legitimlashtiradi. Odamlar muayyan tabaqaga mansub bo‘lish huquqini o‘zlarining oldingi hayotida ishlab topgan.
Shunday qilib, hinda falsafasida axloqiy xatti arakatlar aylanishga kiritilgan: qayta tirilish-hayot-o‘lim-qayta tirilish-hayot-o‘lim (sansara).
Xohish istaklardan xalos bo‘lish uchun zoxidlik va yoga orqali erishish mumkin.Fqqat shu tarzdagina karmadan xalos bo‘lishga intiluvchi kishi najotga (moksha) ega bo‘ladi. Biroq bunday maqsad ko‘pchiligimiz uchun erishilmaydigan maqsaddir. Biz hayotlar va o‘limlar siklidan qutulib keta olmaymiz. Bizning mohiyatimiz millionlab turli qiyofalarda qayta tug‘ilishdek tavakkalchilikka bog‘lanib qolgan. Shunga qaramay hammamiz taqvodor bo‘lib qolmasakda, karma falsafsiga ko‘ra, yaxshilik qiladigan va yaxshilik istaydigan kishi navbatdagi hayotida yaxshi mavjudot bo‘lib tug‘iladi yoki yuqoriroq tabaqaga o‘tadi.unday qilib, karma haqidagi ta’limot, reinkarnatsiya va tabaqachilik tizimi hind falsafasining ulkan qismi uchun yaxlit negizni yaratdi. Uning doirasida axloq va ijtimoiy tizim bir birini o‘zaro qo‘llab quvvatlab turadi.