Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, funksiyalari va dinlarning tasnifi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə3/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, funksiyalari va dinlarning tasnifi
Reja:

  1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi.

  2. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi.

  3. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti.

  4. Dinning jamiyatdagi funksiyalari.

  5. Dinlarni tasniflash.

Tayanch tushunchalar: Din, e’tiqod, yo‘l, mazhab, religiya, «religio», «relegere», transsendent, immanent, kult, dinshunoslik, «al-Firaq», «ar-Radd», «ad-Diyonot», «al-Milal», din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi.


Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik fanining yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari, dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish.

1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. «Dinshunoslik» fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tahliliy o‘rganadi.
«Dinshunoslik» fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mustaqillik davrida jahonda xalqlarining dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada, dinshunoslik fani izchillik bilan rivojlana boshladi. Bunda, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
«Dinshunoslik» fanining vazifasi – talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga:

  • dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;

  • ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish;

  • dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;

  • jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;

  • dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;

  • diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

  • O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.

«Dinshunoslik» fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u talabalarda barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash madaniyatini tarbiyalaydi.
Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqligi uning nazariyasini boyitishga xizmat qiladi.
Dinshunoslikning qator fanlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi natijasida uning turli sohalari yuzaga keldi. Ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz.
Din sotsiologiyasi. Din – jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea-hodisalarni o‘rganadi. Shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea-hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sotsiologiyasining mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha qilib aytganda bu ilm sohasi, tarix bo‘yicha xususiy va mushohadaga suyanuvchi din va jamiyat tadqiqotlarini; dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini o‘rganadi.
Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Din psixologiyasi. Bu ilm sohasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda shakllangan va uning bir tarmog‘i holiga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bo‘lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Ya’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi asosiy xususiyatlari xatti-harakatlarga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida atroflicha to‘xtaladi. Ruh-jasad aloqasi bilan atrof-madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida o‘rganuvchi diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni ko‘rsatib beradi. Shu sababli Din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan holda inson turlarini atroflicha o‘rganib, xos tipologiyalarni kashf qiladi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. U shaxsda din tuyg‘usi va hissining qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini, ihtido (hidoyat topish) yoki inkor hodisalarini, dindan kelib chiqqan ruhiy keskinlik va shubhalarni tadqiq qiladi.
Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan holda o‘ziga taalluqli bo‘lgan mavzularni muhokama qiladi. Bu ilm turi, dindorlikning shaxs ruhiyatidagi siljish va ta’sir jarayonining tadqiq qilinishida umumpsixologiyadagi tamal asoslar, berilgan ma’lumotlarga (raqamlar)ga qarab anketalar, testlar va kuzatuvlardan foydalanadi.
Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» bo‘lgan din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi.
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo‘lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo‘llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin.
Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini o‘rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo‘lgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm-imon, ilm-din, din-madaniyat (din-san’at, din-til-adabiyot) diniy tajriba, diniy his kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi.
Din antropologiyasi. Dinlarning inson bilan aloqasining turli jabhalarini o‘rganuvchi soha. U din psixologiyasi va sotsiologiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning asosi qadimgi miflarga borib taqaladi.
Din antropologiyasini o‘rganishda qator metodlar mavjud bo‘lib, falsafiy, materialistik maktab vakillari dinshunoslikning bu sohasini ham evolyusion nazariyaga moslashtirishga harakat qilganlar. Jumladan, ko‘plab adabiyotlarda Jahon dinlari o‘zlarining aksar e’tiqodlarini qadimgi Bobil, Misr, Mesopotamiya, fors va hind afsonalaridan o‘zlashtirgani aytib o‘tiladi. Bu, bir yoqlama yondashuv bo‘lib, teologik metod tarafdorlari dinlardagi bu o‘xshashlikni ularning bir o‘zakdan kelib chiqishi bilan bog‘laydilar. Dinshunoslikda esa, barcha dinlarning antropologik qarashlari, hech qanday shaxsiy fikr bildirmagan holda, boricha o‘rganish nazarda tutiladi.
Dinshunoslik yuqoridagi fan sohalaridan tashqari, boshqa bir qancha ilm turlari bilan ham bog‘liq. Ularning ichida birinchilardan bo‘lib tarix o‘rin oladi. Tarix, makon va zamon ta’yin qilgan holda o‘tmishdagi voqea-hodisalarni o‘rganuvchi bir ilm turi bo‘lishi bilan birga moziy va hozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan Dinlari tarixiga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin