Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati): qotillikdan saqlanish;
o‘g‘rilikdan saqlanish;
gumrohlikdan saqlanish;
yolg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish;
mast qiluvchi narsalardan saqlanish.
Meditatsiya. to‘g‘ri tushunish (to‘g‘ri e’tiqod qilish) – Buddaning birinchi da’vatida so‘z yuritilgan to‘rt haqiqatni bilish va unga ishonish;
to‘g‘ri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos bo‘lishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qo‘yishdan saqlanishga intilish;
o‘zini to‘g‘ri tutish – o‘ziniki bo‘lmagan narsaga ko‘z olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;
to‘g‘ri anglash – o‘z tanasi va ruhiga o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan darajada nazoratda bo‘lish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qo‘yish;
to‘g‘ri harakat qilish – o‘zidagi yomon tuyg‘ularni jilovlash hamda ezgu tuyg‘ular va harakatlarni rivojlantirish;
to‘g‘ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish;
to‘g‘ri fikr yuritish – kamolotning to‘rt bosqichini ketma-ket bosib o‘tish;
to‘g‘ri gapirish – yolg‘ondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.
Donishmandlik – bu Buddaviylikning asosiy maqsadi bo‘lib, narsalar tabiatini to‘g‘ri tushunishdan iborat.
Yuqorida ko‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini o‘tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana so‘zining lug‘aviy ma’nosi – «o‘chish, so‘nish». Unda hayotning har qanday ko‘rinishiga intilish yo‘qoladi.
Azob-uqubatlardan xalos bo‘lish kishi uchun rohiblik (monahlik) jamiyati (sangha)ga a’zo bo‘lishi lozim. Buddaviylik ta’limotini yoyishda, aholini bu dinga da’vat qilishda rohiblar, buddaviy jamoa – sanghalar ko‘p xizmat qilgan.
Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki insonni mashaqqatlardan qutqarish uchun bir necha ko‘rsatmalar ishlab chiqqan. Budda ta’limotida inson oliy qadriyat sifatida ulug‘lanadi; insonning shaxsiy kamolotga erishish yo‘llari belgilab beriladi. Xotirjamlik, dunyo tashvishlaridan g‘amga tushmaslik, ulug‘vor va vazmin qiyofa Budda obrazining timsolidir.
Unga ko‘ra olam uch bosqichli bo‘lib, birinchi olam – eng yuqori, ya’ni nirvana olamidir. Nirvana mutlaq osoyishtalik olami bo‘lib, u yerda inson barcha istaklari, tuyg‘u va ehtiroslaridan xalos bo‘ladi. Buni o‘ziga xos jannat, deb atash mumkin.