3.Xristianlikning yo‘nalishlarga bo‘linishi: pravoslavlik, katoliklik va protestantlik. Xristianlikdagi eng yirik bo‘linish ikki asosiy yo‘nalish –pravoslavie va katolitsizmning paydo bo‘lishi hisoblanadi.Bir necha yuz yilliklar davomida bu parchalanish uchun zamin tayyorlandi. Ular o‘rtasidagi raqobatli kurash parchalanishni belgilab berdi. Diniy tashkilotlar faoliyati ular mavjud bo‘lgan xududlardagi ijtimoiy va siyosiy tizimlar bilan mustahkam bog‘liq edi. Vizantiyadagi markazlashgan davlat hokimiyati sharqiy xristianlik (pravaslavie)ga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Cherkov darhol davlatning muhim qismiga, imperator esa uning rahbariga aylandi. G‘arbiy xristianlik (katolitsizm) esa asta sekinlik bilan jamiyatning hamma sohalariga, hatto siyosiy sohaga ham hukmronlik qilishga intiluvchi tashkilotga aylana bordi.
Sharqiy xristianlik o‘z e’tiborini falsafiy muammolarga, g‘arbiy xristianlik esa huquqiy masalalarga qaratdi.
Patriarx imperatorga butunlay qaram edi. Imperator cherkovning oliy xukmdori hisoblanib, bir vaqtning o‘zida dunyoviy va diniy xokimiyatni mujassam etgan edi. G‘arbda esa bu munosabatlar boshqa xarakterga ega bo‘lib, bu yerda beqaror ijtimoiy munosabatlar ildiz otgan edi. Shuning uchun katolik cherkovi dunyoga mutlaq hukmronlik qilish talabini ilgari surdi va buni hayotga tadbiq qilish uchun bir necha yuz yillar kurash olib bordi. XII-XIII asrlarda katolik cherkovi shu qadar yuksaldiki, uning dunyoviy xokimiyatni egallashi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi.
XIII asrning 30 yillarida papa Grigoriy ΙX marazlashgan inkvizatsiyasi ta’sis etdi. Inkivizatsiya tergovi davomida qiynoqqa solishga rasman ruxsat berildi. Xatto unda yo‘lyo‘riqlar va tahdidlar ham bitilgan.
Bid’atchiligini tan olgan va undan voz kechgan kishilar yengilroq jazo olgan. Og‘ir xolatlarda umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi belgilangan. O‘lim jazosi 2 usulda amalga oshirilgan. Agar aybdor aybini tan olsa, uni bo‘g‘ib o‘ldirganlar. Mabado bid’atchi aybini tan olmasa, uni tiriklayin yoqish lozim bo‘lgan. Ba’zi xollarda aybdor sekin yonib turgan olovda kuydirilgan, qiynoqqa solingan. Cherkov inkivizatsiyani joriy qilish orqali kishilarning aql zakovati ustidan cheksiz xukmdorlikni o‘rnatishga, siyosiy hayotda o‘z ustunligini mustahkamlashga, boyligini ko‘paytirishga intildi. Cherkov faqat boyligini ko‘paytirishda muvaffaqiyatga erishdi.1 Nikolay Kopernik (1473-1543) Yer olamning o‘zgarmas va xarakatsiz markazi emas, negaki u o‘z o‘qi atroqida aylanib turadi; ikkinchidan, Yer olamning markazida turgan Quyosh atrofidan aylanib turadi. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanib turgani bois kun va tun almashinadi. Shuningdek, osmondagi biz ko‘rib turgan yulduzlarning xolati o‘zgargandek tuyuladi (aslida biz ularni turli nuqtalardan kuzatayotgan bo‘lamiz xolos). Yer Quyosh atrofida aylanib turgani uchun Quyosh boshqa yulduzlarga nisbatan o‘z o‘rnini o‘zgartirgandek (ya’ni, xarakatlangandek), sayyoralar esa halqasimon xarakatlanayotgandek ko‘rinadi. Biz sayyoralar xarakatini olamning markazida turgan quyoshdan emas, uning atrofidan aylanib turgan Yerdan kuzatganimiz uchun ham bu xarakat halqasimon shaklda yuz berayotgandek go‘yo. Yer atrofida esa faqat uning yo‘ldoshi Oy aylanadi, deb xulosa qiladi mutafakkir.
Kopernikning yuqoridagi xulosasi xristianlikning asosiy qoidalarini puchga chiqarar, shubha ostiga olib qo‘yardi.
Undan tashqari italyan faylasufi Jordano Bruno (1548-1600) ham o‘zining falsafiy xulosalari uchun 7 yil inkivizatsiya qamoqxonalarida hayotini o‘tkazib, 1600 y 17 fevralida tiriklayin olovda kuydiriladi.
Uning ilg‘or g‘oyalari shundan iborat ediki, falsafaning asosiy vazifasi tabiat ustida turgan Xudoning yoki narigi dunyoning sirlarini emas, balki tabiatning o‘zini o‘rganishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
U Xudo bilan olam birligini tushuntirib berishga xarakat qiladi. Xudo olamdan tashqaida yoki uning ustida emas, olamda mavjud bo‘lgan barcha narsalar bilan birga bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ikkinchidan, Bruno Xudo bilan tabiat o‘rtasida o‘xshashlik, uyg‘unlik alomatlari mavjud, deb tushuntiradi. Inkvizatsiya uning bu g‘oyalari uchun yeretiklikda (bid’atchilikda) ayblashiga yirik dastak bo‘ladi.