Respublikasi


Odob haqida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy shunday deganlar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə52/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

Odob haqida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy shunday deganlar:


Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir.

  • Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitilishdan saqlaydi.

  • Odob urug‘ini ekkan odamning hosili javohir bo‘ladi.

  • Odob kichik yoshdagilarni kattalar duosiga sazovor etadi; yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar.

  • Yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe’l-atvori odobdir, odoblilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlikni ko‘radi.

  • Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi1.

Odob bo‘lmagan joyda ma’naviyat bo‘lmaydi. Ma’naviyatsiz xodim



1 Qarang: Навоий Алишер. Маҳбуб ул-қулуб: (Қалблар севгилиси). –Т.:

Ғафур Ғулом,1983. – Б.48.

esa o‘zining xizmat vazifasini odoblilik bilan bajarish qobiliyatiga ega bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham donishmandlarimizning xushmuomalalik va odoblilik haqidagi fikrlariga amal qilish ichki ishlar idoralari xodimlarining obro‘sini oshiradi va ularga nisbatan xalqning ishonchini kuchaytiradi.

Halollik va rostgo‘ylik. Halollik – har bir insonning o‘z kuchi bilan mehnat qilishi, shuning evaziga topgan mol-mulki, obro‘si, jamiyatda tutgan o‘rni, xulqining to‘g‘riligi, so‘zida qat’iylik va sadoqatining majmuasidir.

Ichki ishlar idoralari xodimining halolligi uning o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘la-to‘kis bajarishi uchun davlat tomonidan ajratilgan moddiy va ma’naviy ne’matlar evaziga hayot kechirishi, jamiyatda o‘rnatilgan qonun talablari va qaror topgan axloq normalariga muvofiq tarzda xalqning tinch- osuda yashashini ta’minlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilishidir.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining halolligi:



  • har bir xodimning xatti-harakati va xulqining to‘g‘riligida;

  • har bir xodimning o‘z so‘zida qat’iy turishida, unga sodiq qolishida;

  • o‘zi va oilasini davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar evaziga boqishida;

  • o‘zining shaxsiy manfaatidan xalq, davlat, jamiyat manfaatini ustun qo‘yishida;

  • o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan talabchanligida;

  • sotilmasligi, poraga uchmasligi, tamagirlik qilmasligi kabilarda ko‘rinadi.

Shuning uchun ham hayotda, xizmat vazifasini bajarishda halollik bilan mehnat qilish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun zaruriy bo‘lgan axloqiy talab hisoblanadi. Bu esa ularga ulkan axloqiy qoniqish bag‘ishlaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin