Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalari. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi prinsiplari amalda axloq normalari orqali namoyon bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalari deb jami- yat, davlat, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan, ichki ishlar idoralari xodimlarining xulqi, fe’l-atvorlarini tartibga soluvchi, bajarilishi shart bo‘lgan axloqiy-huquqiy talablar majmuiga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalari umumiy- likdan xususiylikka va undan alohidalikka qarab amal qilgan holda xodimning o‘z xulqiy xatti-harakatlarini sodir etishda nima qilishi lozim- ligiga emas, balki uning qanday bo‘lishi kerakligiga qo‘yiladigan talab tarzida namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek, axloqiy normalar jamiyat, davlat va xizmat jamoalarining xodimga munosabatini ifodalab, uning shaxsiga muayyan baho beradi.
Shunday qilib, axloq normalari ayni vaqtning o‘zida talab va baho normalari shaklini oladi, ya’ni jamiyat, davlat, xizmat jamoalari yomonlik keltiradigan xatti-harakatlarni ular orqali qoralaydi va yaxshilikka erishishga qaratilgan xatti-harakatlarni ular orqali ma’qullaydi. Bu bilan axloq normalari nafaqat yomonlik yo‘liga to‘siq, balki ayni paytda xodimlarni ezgu ishlarga chorlovchi ma’naviy-axloqiy omil bo‘lib ham xizmat qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalariga quyida- gilar kiradi: xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiqko‘ngillik va dangallik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sipolik, kattalarni hurmat qilish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |