Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi normalaridan o‘rin olgan halollik va rostgo‘ylik, birinchidan, har bir xodimdan o‘z so‘zining ustidan chiqishni talab qiladi, bu esa ularning o‘z burchini puxta bajarishlariga hamda qonunbuzarlar oldida ojiz qolganlarning ularga suyanishiga olib keladi; ikkinchidan, yolg‘onchilikka, tamagirlikka o‘rin qoldirmaydi; uchinchidan, har qanday qiyin sharoitda ham ziddiyat va kamchiliklarni, jinoyatkorona qilmishlarni ochib tashlaydi; to‘rtinchidan,kelgusida bo‘ladigan hiyla-nayranglarga yo‘l qoldirmaydi.