Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
3-§. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari
“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi; o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi;
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |