bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota- onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslik mutaxassislarini jalb etgan holda bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: