2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi — bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: bola huquqlari, uning o‘ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatini hisobga olish;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
bolaning salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: |