Retro colours template



Yüklə 0,65 Mb.
tarix09.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#73316
dizayn

  • Servisda dizayn.
  • Buyumlarning loyihalarini yaratuvchi mutaxassislarni dizayn ustalari, dizayn rassomlan yoki qisqagina qilib dizaynerlar deb ataydilar. Dizaynerlik san'ati qadimdan mavjud bo'lib, rivojlanib kelgan, lekin XX asrning 20 - 30-yillaridan «dizayn» termini muomalaga kiritilgan.
  • U inglizcha so'z bo'lib, «chizma», «loyiha», «rasm» ma'nolarini bildiradi. Dizayn maxsus faoliyat turi, buyumlar tuzilishi, qurilishini o'rganadigan va ularni badiiy loyihalaydigan san'at sohasi.
  • Dizayner yaratiladigan buyumga kishilar talabi, davr rivoji va texnologiyasidan foydalanib qulay, sodda, mustahkam, arzon va go'zal buyumlar namunasini yaratish san'ati nazarda tutiladi.
  • Bugungi kunda avtomobillarning yangi modellari, mebel, idish-tovoq, turli dastgoh va boshqa buyumlarning shakllaridan tortib, kundalik turmushda, ba'zida e'tibor berilmaydigan, oddiy konfet qog'ozlari, markalar, poyabzalga yopishtiriladigan oddiy etiketkalar, har bir buyumning tutqichi-yu uning yuzasiga berilgan ishlov, tanlangan rangi, ishlatilgan xomashyosi - hammasi dizayner mehnatining mahsuli.
  • 36-rasm. Libos dizayni. "LALI" kolleksiyasidan
  • 37-a rasm. Xona interyeri dizayni.
  • 37-b rasm. Landshaft dizayni.
  • 37-drasm. Landshaft dizayni. Maket.
  • Rassom dizayner buyumni qayerda va qanday ishlatilishini bilishi, shunga qarab buyumning shakli, uning o'lchamlari, materialini tanlashi kerak.
  • Shuning uchun ham dizayner loyihachi, psixolog, muhandis, sotsiolog, iqtisodchilarning sohasini tushunishi, bozor sharoitini yaxshi bilishi, yaratgan har bir buyumi raqobatbardosh bo'lishini ta'minlashi kerak
  • Dizayn - sanoat ishlab chiqarishi bilan bog'liq. Sanoatda esa birdaniga ko'plab buyumlar ishlab chiqariladi.
  • U ko'pchilikka - erkak va ayolga, yosh-u qariga, ziyoli va ishchiga yoqishi, ma'qul kelishi lozim. Bunga esa kuzatish, izlanish, talabni o'rganish orqali erishiladi. Dizayn san'ati ishlab chiqarish sohalariga mos tarzda har xil yo'nalishlarda bo'ladi.
  • Me'morchilikda, ayniqsa, uning imkoniyatlan har tomonlama namoyon bo'ladi: inter'yer dizayni, ekster'yer dizayni, landshaft dizayni kabilardir.
  • Mamlakatimizda dastgohlar, transport vositalari, maishiy buyumlarga bo'lgan talab va istaklami ilmiy asosda o'rganish masalasi 1960-yillardan boshlangan. Yirik korxonalar qoshida loyihachi guruhlar ochildi, maxsus loyiha institutlari ishga tushirildi. Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda ham dizaynerlar maxsus oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida tayyorlana boshlandi.
  • Bugungi kunda Respublikamizda dizayn san'ati o'zining yangi taraqqiyotini boshidan kechirmoqda. Mamlakatimiz dunyoga tayyor sanoat mahsulotlari bilan chiqayotgan davlatga aylanib bormoqda.
  • Yangi-yangi mashinalar, dastgohlar va boshqa sanoat mollarining jahon bozorlariga chiqa boshlagani shuning dalilidir, chunki dizayn yutug'i taraqqiyot ramzi, zamon ko'zgusidir.
  • Dizayn san'ati haqida ma'lumotga ega bo'lgach, amaliy ijodiy faoliyatga kirishishingiz mumkin.
  • Qiziqishingizga libos dizayni hamda avtomobil dizayni bo'yicha ishlash taklif etiladi.
  • 39-a rasm. Guldasta elementli libos dizayni.
  • 39-b rasm. Kapalak elementli libos dizayni.
  • Xonani dizayn san'ati talabi asosida jihozlash, bu mashqqa o'tishdan awal asosiy g'oyani, nimaga mo'ljallanganligini aniqlab olishdan boshlanadi.
  • Masalan, o'zingiz yashayotgan uydagi xonalarni kuzating, do'stlaringizning xonalarini eslang, mehmonxona, darsxona, kelinning xonasi bezatilishi va jihozini taqqoslang.
  • Agar e'tibor bersangiz, har bir xona o'zining bajaradigan vazifasiga qarab turlicha bezatilgan va jihozlangan.
  • Sizga taklif qilinayotgan topshiriq variantlaridan biri xona dizayni, libos dizayni, avtomobil dizayni bo'yicha bir nechta eskizlar ishlab olgach, g'oyani qalamda tasvirini ishlab bo'lgandan so'ng rang berishga o'tishingiz mumkin.
  • Zamonaviy dizayn san'atida libos dizayni o'zining tasviriy-ifodaviy vositalarining boyligi bilan ajralib turadi.
  • Zero, libos dizayni shakl, rang, rang-barangligi bilan dizaynerga keng imkoniyatlar taqdim etadi.
  • Libos dizayni loyihasini yaratuvchi dizayner rassom kabi eskizlar, qoralamalar ishlab, kompozitsiyaning (38-a rasm) hamda ramziy ifoda vositalaridan foydalanish variantlarini qo'llashi mumkin. 39-a-b rasmlarda guldasta hamda kapalakka qiyoslangan libos eskizlari tasvirlangan.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin