SQYu patogenezida asosan immunologik mexanizm yotadi: T-xujayraviy defektlar, V-limfotsitlar boshqaruvi buzilishi, tomirlar endoteliysining bazal membranasining subendotelial qavatini zaralovchi immun kompleks xosil qiluvchi autoantitanalar. SQYu ning xujayradan tashqari morfologik fenomeni bo’lib, gemotoksilin tanachalar, LE-xujayralar (Xargreyvs xujayralari)xisoblanadi. Bu xujayralar xususiyati qo’yidagilardan iborat: neytrofillar boshqa leykotsitlarning parchalangan yadrosini fagotsitozlaydi. Bunda fagotsitozlangan neytrofil yadrosi perifiriga qo’shilib keladi.
«Rozetka fenomeni» - LE-xajayraning bosqichdan oldingi xolati, parchalangan yadro atrofida neytrofillar tuplanib kolishi.
SQYu da xujayra reaksiyalari xar xil. Kopincha mononuklearlar, limfoid xujayralar, gistiotsitlar va plazmatik xujayralar aniqlanadi. Bu jarayonlarning okibati asosida skleroz yotadi.