Sistemali qizil yugurik
SQYu – biriktiruvchi to’qimaning sistemali kasalligi bo’lib, qonda autoimmun komplekslar xosil bo’lishi va to’qimalar zararlanishi bilan namoyon bo’ladi.
Kasallik etiologiyasi toliq o’rganilmagan, ustun turuvchi faktorlarga virusli infeksiyalar, genetik moyillik, immunologik, gormonal o’zgarishlar kiritilgan.
Tarqalishi: Kasallik uchrashi xar xil ma’lumotlarga ko’ra 0,5 dan 2% gacha uchrab turadi. Dengiz xavosi va sovuq shamollar bo’ladigan mamlakatlarda (Angliya, Skandinaviya, Fransiya shimolida, Germaniya, Yaponiya) kasallik ko’proq uchraydi. Tropik mamlakatlarida nisbatan kam. Ayollar erkaklarga nisbatan 2 barobar ko’proq kasallanadi. SQYu 60-70% 20 yoshdan 40 yoshgacha ko’proq uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |