Rezyume va uning turlari Pirnazarov ernazar



Yüklə 11,63 Kb.
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü11,63 Kb.
#179128
1   2   3   4
Rezyume va uning turlari

Ish tajribasi: bu bo’limda oldingi ish joyingizni oxirgi lavozimingizdan boshlab teskari xronologik tartibda sanab o’tish kerak. Ish beruvchilarning nomlari, lavozimlar va ishlagan muddat sanalari kiritiladi. Agar uzoq yillar ishlagan bo’lsangiz, odatda ohirgi 5-10 yilni qamrovchi mehnat tafsilotlari ko’rsatiladi.

Rezyume tuzish bo’yicha maslahatlar

Effektiv rezyume yaratish uchun ba’zi foydali maslahatlar:

• Rezyumeni topshirilayotgan ish yoki sohaga moslashtiring. Ya’ni, yangi ish uchun eng mos bo’lgan kasbiy ko’nikmalar va tajribalarni ko’rsatilishi kerak. Imkon bo’lsa, har bir topshiralayotgan ishga rezyumeni moslash kerak. Qaysi tajriba va ko’nikmalarni urg’ulash kerakligini aniqlash uchun ish e’lonidan qo’llanma sifatida foydalansangiz bo’ladi.

• Aniq va ixcham formatdan foydalaning. Rezyumeni o’qigan odamga uni o’qish va undan foydalanish oson bo’lishi kerak. Tajribangiz va ko’nikmalaringizni ko’rsatish uchun nuqtali yangi qatorlardan (ingl. tilida “bullet points”) va qisqa iboralardan foydalaning. Shu bilan birga, rezyumeingizga keraksiz yoki ahamiyatsiz ma’lumotlarni kiritmang.

Rezyumega qo’shilmaydigan ma’lumotlar

  • Ishga bevosita aloqador bo’lmagan shaxsiy ma’lumotlar rezyumega qo’shilmaydi. Quyida ba’zi misollar beriladi:
  • Aniq turar joy adresi, tug’ilgan sanasi va ish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa shaxsiy ma’lumotlar. Lekin turar shahri va tug’ilgan yilni o’zini bildirish uchun ko’rsatish mumkin.
  • Sog’lig’i haqida ma’lumotlar. Agar sog’liqni ishga ta’sir bo’lsa, buni ish suhbati davomida bildirish mumkin.
  • Ish maoshi tarixi. Hozirgi yoki oldingi lavozimdagi maosh keyingi yangi lavozimga aloqasi yo’q. Sababi, xuddi shu ishga boshqa shahar yoki kompaniyada boshqa maosh bo’lishi mumkin. Ish beruvchilar nomzodlarni kalibrovka qilish yoki ish o’rniga ajratilgan byudjetga mos kelishini tekshirish

Yolg’on yoki mubolag’alar: rezyumeda berilgan ma’lumotlar rost va aniq bo’lishi juda muhim, chunki har qanday yolg’on ma’lumot ishga qabul qilish jarayonida yoki keyinroq topilishi va sizning obro’yingizga putur yetkazishi, va hatto ishni yo’qotilishiga ham olib kelishi mumkin.

  • Yolg’on yoki mubolag’alar: rezyumeda berilgan ma’lumotlar rost va aniq bo’lishi juda muhim, chunki har qanday yolg’on ma’lumot ishga qabul qilish jarayonida yoki keyinroq topilishi va sizning obro’yingizga putur yetkazishi, va hatto ishni yo’qotilishiga ham olib kelishi mumkin.
  • Noo’rin rasm yoki grafik tasvirlar: rezyume professional bo’lishi va faqat sizning malakangiz va tajribangizga e’tibor qaratishi kerak. Ahamiyatsiz yoki professional bo’lmagan har qanday rasm yoki grafik tasvirlar nomzod ko’rsatmoqchi bo’lgan yaxshi taassurotni buzishi va ishga kirish imkoniyatiga putur yetkazishi mumkin.
  • Ishga aloqasi bo’lmagan shaxsiy qiziqishlar yoki sevimli mashg’ulotlar.

Rezyume namunasi

  • Rezyume namunalari Internetda juda ko’p, ularni Google orqali qidirib topish mumkin. Masalan, Microsoftni katalogidan inglizchada yoki ruschada o’zingizga yoqqan dizaynni tanlab yuklab olsangiz bo’ladi.

Adabiyotlar ro`yxati

  • 1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent, 2008.
  • 2. Mo`minov S., Nurmonova D., Karimova O. Nutq madaniyati, Toshkent, 2005.
  • 3. SafayevN.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“TDPU, 2013 y, B.64-75.

Etiboringiz ushun rahmat


Yüklə 11,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin