2. Funktstional rezyume: ushbu turdagi rezyumeda ish tarixi emas, balki asosan sizning kasbiy ko’nikmalaringiz va yutuqlaringizga urg’u beriladi. Agar ish tarixingizda tanaffus mavjud bo’lsa yoki ishga mos keluvchi qaysidur aniq ko’nikmalarni ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, ushbu format ko’proq tog’ri keladi.
3. Kombinatsiyalangan rezyume: nomidan ko’rinib turibdiki, ushbu turdagi rezyume xronologik va funktsional rezyumening xususiyatlarini birlashtiradi. Ya’ni, sizning ish tajribangiz va ma’lumotingizni teskari xronologik tartibda sanab o’tib, yana qo’shimcha ravishda kasbiy ko’nikmalaringiz va yutuqlaringizni ta’kidlaydigan bo’limi ham keltiriladi.

4. Maqsadlangan rezyume: ushbu turdagi rezyume siz topshirayotgan ishga moslashtirilgan bo’ladi. Ya’ni, faqat shu lavozimga mos keladigan kasbiy ko’nikmalaringiz va tajribalaringizni urg’ulaydi va o’tmishda ushbu ko’nikmalardan qanday foydalanganingizning aniq misollarini o’z ichiga oladi.
Rezyume bo’limlari
Rezyume tuzishda quyidagi standart bo’limlar ketma-ketligidan foydalanish mumkin:
Aloqa ma’lumotlari: Bu sizning ismingiz, telefon raqamingiz va elektron pochta manzilingizni o’z ichiga olishi kerak.
Karyerangiz haqida qisqacha ma’lumot (ihtiyoriy): bu bo’lim ro’yxat shaklida (bullet points) yoki bir abzats matn shaklida berilishi, unda sizning kasbingiz va yangi ishga mos keladigan ko’nikmalar va tajribalaringiz haqida ma’lumot berishingiz mumkin. Masalan, “16-yillik bir nechta sanoat tashkilotlarida audit sohasida mehnat tajribasiga ega bo’lgan hisobchi, Westminster Universitetida “Biznes boshqaruvi” magistr programmasini bitirgan, ACCA xalqaro sertifikatiga ega.”