III Yangi mavzu bayoni: 1.Har bir sonning yozilishida 3 raqami nimani anglatadi?
Sonlar yozuvida ayni bir raqam, u qaysi xonada turganiga qarab, har xil qiymatga ega bo‘ladi. Masalan, 273 sonidagi 3 raqami birlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 birlikni anglatadi. 431 sonida 3 raqami o‘nlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 o‘nlikni anglatadi. Bunda uning bu xonadagi qiymati birlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq.394 sonida 3 raqami yuzlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 yuzlikni anglatadi. Bunda uning bu xonadagi qiymati o‘nlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq. sonlarning biz foydalanadigan yozilish sistemasi o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi.O‘nlik sanoq sistemasi pozitsion sistemadir,chunki ayni bir raqam, u sonning yozuvida qaysi xonada (pozitsiyada) turganiga qarab,har xil qiymatga ega bo‘ladi.
2. Jadvalda son yozilgan. Bu sonni o‘qing. Yangi so‘zlarni eslab qoling. 326 soni quyidagilardan tashkil topgan:6 birlik yoki birinchi xonaning 6 birligi; 2 o‘nlik yoki ikkinchi xonaning 2 birligi;3 yuzlik yoki uchinchi xonaning 3 birligi.
Yuzlar
O‘nlar
Birlar
3
2
6
III xona birligi
II xona birligi
I xona birligi
3.Jadvalda yozilgan sonlarni o‘qing. O‘ngdan chapga qarab sanaganda birliklar nechanchi o‘rinda yoziladi? O‘nliklar-chi? Yuzliklar-chi?