Risklarni miqdoriy koʻrsatkichlari va ularni baholash usullari


Risklarni miqdoriy baholash va uni aniqlash usullari



Yüklə 43,77 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü43,77 Kb.
#186200
1   2   3   4   5
12-mavzu (1)

Risklarni miqdoriy baholash va uni aniqlash usullari


Oddiy amaliyotda - riskni taqsimlanishi - proekt ishtirokchilaridan mas’uliyatni tanlab qiladi, hammadan koʻra muhimi riskni hisoblash va nazorat kilishdir. Riskni taqsimlanishi - moliyaviy reja proektiniva kontrakt xujjatlarini tayyorlashda aniqlaniladi. Risk analizi kabi - proekt ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishi sifatli va miqdorli boʻlishi mumkin. Riskni proektlarda taqsimlanishi uchun konseptual sifatli modeldan foydalanish tavsiya etiladi. Model standart metodlarga asoslangan boʻlib, uniasosi “Extimollar va qarorlar” daraxti boʻlib, qarorlarning ketma-ketligini aniqlash uchun foydalidir ammo bu muammo ikki xil xarakterga ega boʻlib, investitsion proektdagi ishtirokka asoslangandir. Bir tomondan buyurtmachi mumkinqadar kontrakt qiymatini kamaytirishga intiladi, bunda muddatvasifat boʻyicha barcha talablar bajarilgan boʻlishi kerak. Boshqa tomondanbajaruvchi – buyurtmalar porfeli tashkil etilganda maksimal foyda olishga intiladi.


Bajaruvchini foydasi – buyurmalar portfelini baholashda quyidagi formula buyicha hisoblanishi mumkin.
P= (k +U1)r(U1) (k+U2)r(U2)...(k+Up)r(Up)
Bu erda: p - firma foydasi;
k – firmani boshlang‘ich kapitali; Up – firmani imkoniyatli foydasi.
(U=1,2,3,.......p):p – proektni bajarishdagi xodisalar soni; R (Up) har birtugallanish ehtimolligi.
Proektlarni investrlash davomiyligi va razmerlarini oʻsishi murakkablik va xilma-xillik, ularni tadbiq etishda muhitni yuqori dinamikligi, raqobatlilik, inflyasiya va boshqa salbiyfaktorlar - proektni roʻyobga chiqarishda risk darajasini oʻsishiga olib keladi. Riskni sifatli taqsimlanishida - proekt ishtirokchilari qator karorlar
qabul qiladiki ular investorlar diapazonini yo kengaytiradilar yoki qisqartiradilar. Risk darajasini investorlarga yuklamoqchi boʻlsa, proekt ishtirokchilari proektni moliyalashtirish uchun tajribali investorlarni jalb qilishi qiyin boʻladi. Shuning uchun proekt ishtirokchilariga fikr almashish vaqtida riskning qaysi qismini oʻziga olishni xoxlashi masalasida maksimal egiluvchanlik tavsiya etiladi.
Proekt ishtirokchilari tomonidan riskni quyi qismini olish xoxishi bildirilsa tajribali investorlarni oʻz talablarini pasaytirishga undashi mumkin.Kupchilik katta proektlar uchun ularni tadbiqqilinishidagi toʻxtalish boʻlib buyurtachi uchun ishlar qiymatini oʻsishiga olib keladiki bu proektni boshlang‘ich qiymatini oʻsishiga olib keladi. Masalan: elektr bilan ta’minlash liniyalarini oʻz vaqtida ulab bermaslik natijasida, toʻxtalish boʻlganligi uchun pudratchi toʻlaydigan jarima, buyurtmachini harajatlaridan kamroq boʻladi. Bunday holatdan chiqish uchun, proektda ishtirok etishga sug‘urta kompaniyalarini jalb qilish zarur.
Risk sug‘urtasi - aniqriskni sug‘urta kompaniyasiga oʻtkazishdir. Bu masalani yirik qurilish kompleksini bunyod etish misolida koʻrib chiqamiz. Sug‘urtani 2 hili qullanilishi mumkin: mulk sug‘urtasi va baxtsiz xodisalardan sug‘urta.Mulk sug‘urtasiningquyidagi formalari bor:

  • pudrat qurilishi risk sug‘urtasi;

  • dengiz yuklari sug‘urtasi;

  • pudratchiga taaluqli boʻlgan jixozlar sug‘urtasi. Baxtsiz xodisalardan sug‘urta:

  • umumiy fuqarolik ma’suliyati sug‘urtasi;

  • proefssional ma’suliyat sug‘urtasini oʻz ichiga oladi.

Pudratchi qurilish riski sug‘urtasi, tugallanmagan qurilish sug‘ur- tasi uchun moʻljallangan boʻlib, moddiy yoʻqotishlar uchun moʻljal- langan. Pudratchi qurilish riski sug‘urtasi shartnomasi sug‘urta riskiga koʻra 3 tipda boʻlishi mumkin. Yong‘in sug‘urtasi standart shartnomasi
- moddiy yoʻqotishlardan yoki yong‘inga qarshi mulkchilik shartnomasida koʻrsatilganidek zaralardan himoya sifatida xizmat qiladi. Yong‘inga qarshi sug‘urtani kengaytirilgan shartnomasi hz ichiga sug‘urtani standart shartnomasini va bir yoki bir necha qoʻshimchalarni (konkret sug‘urtachini ehtiyojini hisobga oluvchi) oladi.
Barcha risklardan sug‘urta shartnomasi pudratchining konkret ehtiyojini hisobga oladi va unga sug‘urta xizmatining keng tanlovini taqdim etadi.Bunday shartnoma tugallanmagan qurilishni qamrab oladi. (barcha materiallar, jihozlar, mehnat natijalari).Dengiz yuklari sug‘urtasi - moddiy yoʻqotishlardan ximoyani koʻzda tutadi.(havo transportida, dengiz orqali keltirilayotgan yuklarni).Sug‘urta riskini barcha turini qamraydi, shu jumladan urush, zabastavkalar, tirlarni yuk yuboruvchi omborlaridan yuk qabul qiluvchini omborigacha tashish.Pudratchiga tegishli jixoz sug‘urtasi pudratchilar tomonidan keng foydalaniladi. Oʻz faoliyatlarida jixozlarning katta sonini yuqori qiymat bilan qoʻllanadi. Sug‘urtani bu formasi - ijaradagi jixozlarga ham tarqatiladi (taalluqlilar).
Umumiy fuqarolik ma’suliyati sug‘urtasi - sug‘urtaning baxtsiz xodisalarda formasi bqlib, bosh pudratchini himoya qilish maqsadi boʻlib, (faoliyati natijasida uchinchi tomondan jaroxati, mulki jaroxatlangan boʻlsa).Professional ma’suliyat sug‘urtasi shu vaqtda talab etiladiki - qachonki bosh pudratchi arxitektura va texnik proektlarni tayyorlash, proekt boshqaruvi, proekt boʻyicha proefssional xizmat koʻrsatishda ma’suliyatni zimmasiga olsa. Bosh pudratchi yuridik ma’suliyati - professonal xizmatlarni aniq sifat standartiga muvofiqligini ta’minlay olmagani holda yuzaga keladi.



Yüklə 43,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin