Rivojlanish falsafasi reja


Butun va qism kategoriyalari. Butun



Yüklə 54,17 Kb.
səhifə12/16
tarix30.09.2023
ölçüsü54,17 Kb.
#150806
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Rivojlanish falsafasi reja (1)

Butun va qism kategoriyalari. Butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashgan va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasidir. Qism butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalikdir. Ushbu tushunchalarning umumlashishi ob’ektiv olamdagi xilma – xillikning mohiyatan yaxlitligi bilan ifodalanadi. Biroq ular alohida-alohida holatda ham voqelikdagi biron-bir reallikni idrok etishga imkon tug‘diradi. Ob’ektiv olam bepayon bo‘lgani va u juda ko‘p nisbiy butunliklardan tashkil topgani uchun butun boshqa butunlikning qismi bo‘lishi, qismi esa boshqa elementlarga nisbatan butun vazifasini o‘tashi ham mumkin. Masalan, Er shari o‘zi butunlik bo‘lib, bu makondagi boshqa barcha narsa, hodisa, jarayonlar uning qismlaridir. Quyosh sistemasiga nisbatan Er qism bo‘lsa, Galaktikaning esa bir zarrasi – elementidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyalari. Zaruriyat – narsa, hodisa va jarayonlarning taraqqiyoti bilan aniqlanadigan, ichki muhim bog‘lanishlar orqali
qonuniy kelib chiqadigan va shuning uchun Yuz berishi muqarrar bo‘lgan hodisadir.
Tasodif – mohiyatdan, mazkur jarayonning qonuniy rivojlanishidan kelib chiqmaydigan hodisadir.
Zaruriyat va tasodif - voqealar rivoji davomida sodir bo‘ladigan hodisalarni tavsiflaydigan, ob’ektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyalar. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o‘tgan ko‘plab faylasuflarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan edi. Ba’zi faylasuflar voqelikdagi narsa, hodisalar muayyan sabablar asosida sodir bo‘lar ekan, demak, olamda tasodif bo‘lmaydi, har qanday hodisa ma’lum sabablar tufayli Yuzaga keladigan zaruriyatdir deb qaraganlar. Dunyoda tasodifga o‘rin yo‘q, mavjudlik va taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar. Qadimgi dunyo falsafasining Levkipp va Demokrit kabi vakillari yangi zamon falsafasining Golbax, Spinoza kabi namoyandalari metafizik determinizm pozitsiyasida turganlari holda ana shunday qarashni ilgari surdilar. Levkipp biron – bir buYum sababsiz Yuzaga kelmaydi, ammo u ma’lum zamin, zaruriyat tufayli tug‘iladi, degan edi. Demokrit va Golbax nazarida ham barcha hodisalar zaruriy bo‘lib, kishilar tabiat qonunlaridagi sababiy bog‘lanishlarning turini to‘la bilmaganliklari uchun tasodiflarga o‘rin beradigan, hodisalar sababi bilangina ham tasodifiylik barham topadi, binobarin u sub’ektiv mazmundagi kategoriyadir, deb hisoblaganlar. Olam, undagi o‘zaro munosabat, aloqadorlikni, sababiyatni inkor etuvchi indeterministlar tabiiy va ijtimoiy olamdagi zaruriyat yo‘q, - aqliy faoliyatning shakli (I.Kant), tafakkurga xos tushuncha (E.Max, K.Pirson), kishilar iroda va istagining namoyon bo‘lish natijasidir, deb hisoblaydilar.
Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar dialektikasini xarakterlovchi va ayni paytda taraqqiyot jarayonidagi turli hodisa, jarayonlar nisbatini ifodalovchi o‘zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir.

Yüklə 54,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin