vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod atomlarining
miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor
tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq»
orqali engiltaklik me’yori buziladi va butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon
bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga
o‘tadi»
2
. Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi
o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida
miqdor va sifat
xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir
holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo evolYusiyasining muhim va keng tarqalgan
mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor tushunchasi evolYusiya
tendensiyalarini aniqlash, turli sistemalarning o‘tmishi
va kelajagi xususida
gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning
muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini,
mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari
rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.
Me’yor – bu miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat
faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki
o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i
hamdir. Miqdorning me’yor doirasida o‘zgarishi sifatning o‘zgarishiga
sabab
bo‘lmaydi, lekin me’yordan oshilganda narsa o‘zining avvalgi mohiyatini
yo‘qotadi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy
ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan
o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi. Miqdor va
sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni
narsaning miqdor va sifat
tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida miqdor
o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat o‘zgarishlariga
sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z
navbatida, yangi miqdor
ko‘rsatkichlariga olib keladi.
Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro
bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida Yuz beradi.
Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari
bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi.
Sakrash – bu
bir sifatning
boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi,
bosqichma-bosqichligidagi uzilish. Masalan, sakrash – bu Erda hayotning paydo
bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum
o‘rniga
boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buYuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlar. Har
qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim
ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham
dalolat beradi.
SHunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tish qonuni
uning rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur
hosil qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash»
2
Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467.
kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur
qonun butun borliqning
rivojlanishi, harakati va o‘zgarishi qanday, qay tarzda Yuz beradi, degan savolga
javob berib, ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‘tishning
ichki mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning
mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy
tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: