Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

Inkorni-inkor. Inkorni-inkor qonuni nima, uning mohiyati nimadan iborat? 
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan 
kiritilgan bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy 
falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan 
Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida 
foydalangan.
Inkor rivojlanish yangi sifat paydo bo‘lishiga olib keladigan aniq 
yo‘naltirilgan, qaytmas o‘zgarish sifatida tavsiflanadi. SHaklan rivojlanish bir 
chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barangroq va murakkabroq, 
chunonchi: bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri chiziqli va zigzagsimon, umumiy va 
mahalliy, uyg‘un va nouyg‘undir. Yo‘nalish jihatidan rivojlanish progressiv va 
regressiv bo‘lishi mumkin. Rivojlanish tizim ayrim elementlarining tanazzuli bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari 
esa taraqqiy etishi mumkin emas. Ob’ektga nisbatan tashqi kuchlar ta’sirida Yuz 
berishi mumkin bo‘lgan harakatdan farqli o‘laroq, rivojlanish o‘z-o‘zidan harakat, 
ichki jarayon bo‘lib, ziddiyat, bir-birini istisno etuvchi tomonlar, tendensiyalar 
uning manbai hisoblanadi.
Dialektik inkor – bu narsani butunlay yo‘q qilish emas, balki eski sifatning 
ba’zi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan holda uni yangi narsaga aylantirishdir. 
U yangi va eski sifat o‘rtasida aloqa mavjudligidan dalolat beradi. Dialektik inkor 
uch muhim jihat bilan tavsiflanadi: 1) eskini vayron qilish, buzish; 2) eskining 
elementlarini saqlash (vorisiylik); 3) yangini yaratish, tuzish.
Biz inkor kategoriyasi metafizik va dialektik talqinining mohiyatini aniqladik. 
Endi qo‘sh inkor nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.
«Inkorni-inkor» shuni qayd etadiki, rivojlanish jarayoni eski sifatni inkor 
qilishdan boshlanadi, uni esa oradan ma’lum vaqt o‘tgach yangi sifat inkor etadi. 
Ammo rivojlanish qanday Yuz beradi? To‘g‘ri (Yuksalib boruvchi) chiziq 
bo‘ylabmi yoki egri chiziq bo‘ylabmi? Bu masala quruq gap emas, balki muhim 
ahamiyatga ega. CHunki rivojlanish jarayonida eski va yangining aloqasi 
bo‘lmaganda, vorisiylik ham bo‘lmasdi, eski butunlay yo‘q bo‘lar, rivojlanishni 
grafik ko‘rinishda yangi eskidan farq qiladigan, eski esa yangida 
takrorlanmaydigan to‘g‘ri (Yuksalib boruvchi) chiziq sifatida tasvirlash mumkin 
bo‘lardi. Biroq amalda yangida eski saqlanadi, uning elementlari yangida 
takrorlanadi. Ammo bu takrorlanish Yuqoriroq darajada Yuz beradi. Eskining 
jihatlari, elementlari Yuqoriroq asosda takrorlanishi biz muhokama qilayotgan 
qonunning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bundan qonunning boshqa bir 
xususiyati kelib chiqadi. Hamonki eskining oliy asosda qaytarilishi mavjud ekan
rivojlanish to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki spiralsimon chiziq bo‘ylab Yuz 


berishi, sikldan-siklga eskiga yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik mavjud) 
va undan uzoqlashib borishi (chunki bu yangi) ayon bo‘ladi.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish 
jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, 
bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida 
saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, Yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega 
bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi 
bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda 
takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga 
yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab Yuksalishni belgilaydi. Harakatning 
spiralsimonligi rivojlanishning siklliligini aks ettiradi.
Dialektikaning asosiy qonunlari yagona rivojlanish jarayonining turli 
jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, balki uzviy dialektik birlikda amal 
qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va buning 
aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar 
birligi va kurashi miqdor-sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‘z ichiga oladi. 
Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning eski va yangiga ikkilanishi
ularning o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek miqdor o‘zgarishlarining sifat 
o‘zgarishlariga o‘tishi Yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, moddiy dunyoning 
yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini nazarda tutadi. Ammo shuni 
e’tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har 
biri nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini 
(manba, mexanizm, yo‘nalish) aks ettiradi. Rivojlanishning zaruriy sharti sifatida 
tavsiflanadi: o‘z mavjudligining avvalgi shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish 
bo‘lishi mumkin emas. Inkor harakatida rivojlanishga monelik qiladigan 
narsalarning rad etilishi, yo‘q qilinishi Yuz beradi. Umuman olganda inkor – 
ob’ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga ko‘ra, kengayib 
borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, 
uning galaktikalari, Yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo 
inkorni sof yo‘q bo‘lish sifatida jo‘n talqin qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini 
Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda», metafizik 
inkor deb e’tirof etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q 
bo‘lish jamiyatni ortga uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida 
jo‘yali bir narsa Yuzaga kelishi mushkul.
Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‘z 
ichiga oladi. Gegel fikricha, bartaraf etish «ikki xil ma’no kasb etadi: u asrash, 
saqlab qolishni va ayni vaqtda to‘xtatish, chek qo‘yishni anglatadi»
1
. Gegel 
talqinida inkor rivojlanish omili sifatida yashash qobiliyatini yo‘qotgan narsani 
yo‘q qilish va erishilgan rivojlanishni saqlashni nazarda tutadi. Masalan, 
A.Eynshteyn yangi va eski nazariyalarning o‘zaro nisbatini shunday tavsiflaydi: 
«YAngi nazariya... eski nazariya Yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb 
hisoblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. YAngi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, 
kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga eski tushunchalarga teranroq nuqtai 
1
Гегель Г.В. Соч. Т. 5. – М, :937. – С.99.


nazardan baho berish uchun imkoniyat yaratadi... Biz eski nazariya o‘rinli bo‘lgan 
sohada faktlar o‘rganilayotganda har safar undan foydalanishimiz mumkin»
1

Ammo har qanday hodisa yaxlit bo‘lgani bois, bartaraf etish haqidagi masalaning 
qo‘yilishi abstrakt xususiyat kasb etadi. XIX asr falsafiy ta’limotlarida bartaraf 
etishning tabiat va tarixdagi ko‘rinishlarini erishilgan rivojlanishni o‘zgartirilgan 
holda saqlash sifatida yoritib, bu tushunchani to‘ldiradi. YAngilik va eskilikning 
ichki ziddiyatlariga chek qo‘yish sifatidagi o‘z-o‘zini inkor dialektik inkorning 
muhim xususiyati bo‘lib, bu rivojlanishning hujumkorligini belgilaydi. 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin