bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar
olgan daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor
kon’Yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va
xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari.
Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan
ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi.
Bu va boshqa dalillar bilishda ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham,
bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-
yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash,
lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi
olim o‘z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar
mavjudligiga uning ishonchi Yuq edi.
SHunday qilib, qarama-qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri
bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa bog‘lanish
xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-qarshi
a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: