Rivojlanish falsafasi reja


ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi 
qonuni va inkorni-inkor qonuni. Dialektika kategoriyalari – bu eng fundamental, 
asosiy tushunchalar bo‘lib, ularda va ularning yordamida falsafiy fikrlash amalga 
oshiriladi.
To‘rtinchidan, dialektikaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya 
vazifasini ham, metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari, 
kategoriyalarining mazmuniga va bilish jarayonining amal qilish va rivojlanish 
qonuniyatlariga muvofiq fikrlovchi sub’ektga qo‘yiladigan tegishli talablar 
shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo‘l ko‘rsatiladi. 
SHunday qilib, hozirgi talqindagi dialektika - bu: 1) hodisalarning ularga xos 
bo‘lgan ziddiyatlar vujudga kelishi, o‘zaro ta’sirga kirishishi va echilishiga 
muvofiq rivojlanishidan iborat bo‘lgan ob’ektiv jarayon; 2) tabiat, jamiyat va 
tafakkurning harakat va rivojlanish universal qonunlari haqidagi falsafiy 
konsepsiya; 3) dunyoni bilish va o‘zgartirish metodi. Uning tizimiga kiruvchi 
rivojlanishning umumiy qonunlarini bilish o‘tmishni anglab etish, hozirgi dunyoda 
Yuz berayotgan jarayonlarni to‘g‘ri tushunish va kelajakni bashorat qilish imkonini 
beradi. 
 
2. Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo‘lgan o‘zaro aloqaga 
aytiladi: 1) aloqaning ob’ektivligi. Energiya va moddaning saqlanish qonunlari 
yoki butun olam tortishish qonuni haqida gapiradigan bo‘lsak, biz ularni bekor 
qilishimiz yoki ularning amal qilishini ongli ravishda to‘xtatishimiz mumkin emas; 
2) aloqaning muhimligi. Muhim aloqa – bu narsaning mavjudligini, uning 
harakati va rivojlanishini belgilovchi aloqa. Aytaylik, elementlarning davriy 
qonuni atom og‘irligi, atom o‘zagining zaryadi va elementlarning kimyoviy 


xossalari o‘rtasidagi muhim aloqani aks ettiradi; 3) aloqaning zaruriyligi. Zaruriy 
aloqa – bu muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo‘luvchi aloqa. Masalan, 
fizikada ma’lum bo‘lgan o‘tkazgich qarshiligining o‘tkazgich tarkibi, uning 
uzunligi va ko‘ndalang kesimining Yuziga bog‘liqligi qonuni o‘tkazgichda elektr 
toki o‘tgan har bir holda zaruriy tarzda namoyon bo‘ladi, chunki u o‘tkazgich qaysi 
moddadan yasalgan bo‘lsa, shu moddaning tabiati, unga xos bo‘lgan ob’ektiv 
xususiyatlar bilan belgilanadi; 4) aloqaning barqarorligi. Barqaror aloqa – bu 
ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa. U materiya harakatining tegishli shakli 
(materiya rivojlanishining muayyan bosqichi) yoki tafakkur mavjud bo‘lgan davr 
mobaynida, toki bu narsalar va hodisalar mavjud ekan, amalda mavjud bo‘ladi; 5) 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin