munosabat, tartiblarni tubdan o‘zgartirishdan iboratdir. Xususan, O‘zbekistondagi
hozirgi o‘tish davrida ham ana shunday o‘zgarish
amalga oshmoqda, ammo bu
jarayonda faqat bizning mamlakatimizga xos xususiyatlar ham bor. Xullas,
umumiylik ayrimlikka nisbatan keng mazmunga ega, u ayrim narsa,
hodisa va
jarayonlarga xos bo‘lgan ichki qonuniyatni, umumiy asosni, o‘xshashlikni
anglatadi.
Xususiylik – narsa yoki hodisalarning shunday doirasiki, bunda ular ma’lum
bir munosabatda umumiy, boshqasida esa alohidalikdir.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema»,
«element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud.
YA’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa
va hodisalar rivojlanish
jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan
mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element»,
kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini
jarayon tarzida ifodalashdir. SHu nuqtai nazardan, butunni umumiylik, qismni yoki
elementni alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. SHuningdek, muayyan
o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik
tarzida qabul qilish
mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham
bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ‘ibiy jihatdan «butun»,
«qism», element» larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning
samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. SHunga ko‘ra, Yuqorida aytilgan
har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki uzili sifatida
olib qaralishi kerak.
Dostları ilə paylaş: