Rivojlanish falsafasi reja


Butun va qism kategoriyalari. Butun



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Rivojlanish falsafasi reja

Butun va qism kategoriyalari. Butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan 
qismlarning muayyan tartibda joylashgan va o‘zaro bog‘langan yagonalikning 
ifodasidir. Qism butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi 
(funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalikdir. Ushbu tushunchalarning umumlashishi 
ob’ektiv olamdagi xilma – xillikning mohiyatan yaxlitligi bilan ifodalanadi. Biroq 
ular alohida-alohida holatda ham voqelikdagi biron-bir reallikni idrok etishga 
imkon tug‘diradi. Ob’ektiv olam bepayon bo‘lgani va u juda ko‘p nisbiy 
butunliklardan tashkil topgani uchun butun boshqa butunlikning qismi bo‘lishi, 
qismi esa boshqa elementlarga nisbatan butun vazifasini o‘tashi ham mumkin. 
Masalan, Er shari o‘zi butunlik bo‘lib, bu makondagi boshqa barcha narsa, hodisa, 
jarayonlar uning qismlaridir. Quyosh sistemasiga nisbatan Er qism bo‘lsa, 
Galaktikaning esa bir zarrasi – elementidir. 
Zaruriyat va tasodif kategoriyalari. Zaruriyat – narsa, hodisa va 
jarayonlarning taraqqiyoti bilan aniqlanadigan, ichki muhim bog‘lanishlar orqali 


qonuniy kelib chiqadigan va shuning uchun Yuz berishi muqarrar bo‘lgan 
hodisadir. 
Tasodif – mohiyatdan, mazkur jarayonning qonuniy rivojlanishidan kelib 
chiqmaydigan hodisadir. 
Zaruriyat va tasodif - voqealar rivoji davomida sodir bo‘ladigan 
hodisalarni tavsiflaydigan, ob’ektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy 
kategoriyalar. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning 
mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o‘tgan 
ko‘plab faylasuflarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan edi. Ba’zi faylasuflar 
voqelikdagi narsa, hodisalar muayyan sabablar asosida sodir bo‘lar ekan, demak, 
olamda tasodif bo‘lmaydi, har qanday hodisa ma’lum sabablar tufayli Yuzaga 
keladigan zaruriyatdir deb qaraganlar. Dunyoda tasodifga o‘rin yo‘q, mavjudlik va 
taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar. Qadimgi dunyo 
falsafasining Levkipp va Demokrit kabi vakillari yangi zamon falsafasining 
Golbax, Spinoza kabi namoyandalari metafizik determinizm pozitsiyasida 
turganlari holda ana shunday qarashni ilgari surdilar. Levkipp biron – bir buYum 
sababsiz Yuzaga kelmaydi, ammo u ma’lum zamin, zaruriyat tufayli tug‘iladi, 
degan edi. Demokrit va Golbax nazarida ham barcha hodisalar zaruriy bo‘lib, 
kishilar tabiat qonunlaridagi sababiy bog‘lanishlarning turini to‘la bilmaganliklari 
uchun tasodiflarga o‘rin beradigan, hodisalar sababi bilangina ham tasodifiylik 
barham topadi, binobarin u sub’ektiv mazmundagi kategoriyadir, deb 
hisoblaganlar. Olam, undagi o‘zaro munosabat, aloqadorlikni, sababiyatni inkor 
etuvchi indeterministlar tabiiy va ijtimoiy olamdagi zaruriyat yo‘q, - aqliy 
faoliyatning shakli (I.Kant), tafakkurga xos tushuncha (E.Max, K.Pirson), kishilar 
iroda va istagining namoyon bo‘lish natijasidir, deb hisoblaydilar. 
Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar 
dialektikasini xarakterlovchi va ayni paytda taraqqiyot jarayonidagi turli hodisa
jarayonlar nisbatini ifodalovchi o‘zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir. 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin