Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Rivojlanish falsafasi reja

Sabab va oqibat - olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan 
aloqadorligi, ta’siri va aks ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar 
jarayonidagi sabab va oqibat bog‘lanishini ifodalaydigan kategoriyalardir. 
Sabab olamning harakati va biron-bir vaqt doirasida bo‘lgan o‘zgarishdan 
so‘ng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib chiqishini ta’minlovchi asosiy 
hodisani anglatadi. Oqibat esa hodisalar zanjirida sababning ta’siridan vujudga 
keladigan yangi hodisadir, sababning natijasidir. Sabab va oqibat bog‘lanishi 
ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, u narsa, hodisalar orasidagi aloqalarda amal qiladi. 
Masalan, ming yillar davomida Er kurrasidagi iqlimiy sharoitning o‘zgarib borishi 


o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zagarishiga sabab bo‘ldi. yoki qadim 
zamonlardan 
boshlab 
mehnat 
qurollarining 
takomillashtiriluvi 
mehnat 
unumdorligining oshishiga ham, ishlab chiqarishning rivojiga ham, pirovardida esa 
insoniyat taraqqiyotiga ham sabab bo‘ldi. 
Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muhim xususiyati 
shundaki, ular umumiy xarakterga ega. Tabiat va ijtimoiy hayotda sababsiz birorta 
hodisa yoki voqea sodir bo‘lishi mumkin emas. Erning quyoshga nisbatan hozirgi 
holatda joylanishi hamda Er sharining sirt tuzilishi va uning ham quyosh, ham o‘z 
o‘qi atrofida aylanishi sayyoramizda iqlim sharoitini o‘zgarib turishiga sababdir. 
Binobarin, sababiyat yoki sababiy bog‘lanishlar voqelikdagi barcha narsa va 
hodisalarda umumiy, qonuniy, istisnosiz amal qiluvchi munosabatlardir. Sababiy 
bog‘lanishlarni «bahona» va «shart-sharoit» singari tushunchalar bilan almashtirish 
mumkin emas. Masalan, sabab doim voqea, hodisalarga xos hamda ular o‘rtasidagi 
bevosita, ichki munosabatlarni bildiradi. Bahona esa sababga nisbatan tashqi turtki, 
xolos. Sababni voqelikka aylanishi, biron-bir oqibatni kelib chiqishi uchun 
ikkinchi darajali ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Masalan, birinchi jahon urushi 
boshlanib ketishiga gersog Ferdinandning o‘ldirilishi bahona bo‘lgan. Urushning 
kelib chiqishiga haqiqiy sabab aslida muayyan davlatlar o‘rtasidagi raqobatning 
keskinlashganligi hamda bo‘lingan dunyoni qaytadan bo‘lib olishga qaratilgan 
siyosatning Yuritilishi edi. Har bir sabab muayyan oqibatni keltirib chiqarishi 
uchun, albatta, ma’lum shart – sharoit zarur bo‘ladi. Lekin, shart – sharoit 
oqibatning sababini anglatmaydi. SHart – sharoit – muayyan oqibat tug‘ilishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi holat bo‘lib, sababni oqibatga


aylanishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Sababsiz yolg‘iz shart – sharoitning o‘zi 
oqibatni keltirib chiqarmaydi. 
Olamdagi moslik, o‘simlik va organizmlarning muhit, shart – sharoitga 
moslashganligi ba’zi organizmlarni muhitga ko‘ra hatto o‘z rangi, tashqi qiyofasini 
o‘zgartira olishi, ayrim gullarning faqat erta tongda ochilishi, ba’zi kasalliklar 
fasllar, quyosh fa olligini oshishi hollari bilan bog‘liq ravishda kuchayishi kabi 
hodisalar sabab va qonunlar ifodasidir. Xususan, CH. Darvin o‘zining evolYusion 
ta’limotini, turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish jarayonini xuddi shu 
maqsadga muvofiqlik hodisasi ilmiy o‘rganish asosida yaratgan edi.
Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv 
voqelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. 
Kategoriyalarda kishilik jamiyati ko‘plab avlodlarining tajribasi va faoliyati 
mujassamlashadi. Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va 
kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. 
Kategoriyalar quyidagi ob’ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, 
tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi. 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin