Go‘daklik yoshining vazifasi — olamga asosli ishonchni
shakllantirish, bir-biridan ajralganlik va begonalashish tuyg‘usini
bartaraf etishdan iborat. Ilk yosh vazifalari — shaxsiy erkinligi va
mustaqilligi uchun o‘z harakatlaridan kuchli shubhalanish va uyat
tuyg‘usiga qarshi kurashdan iborat. 0 ‘yinli yoshning vazifalari —
faol tashabbusning va ayni vaqtda o‘z istaklari uchun aybdorlik
hamda axloqiy mas’uliyat hissini boshdan kechirishning rivojlanishi.
Maktabda o‘qish davrida yangi vazifa — o‘z no‘noqligi va
foydasizligini anglashga qarshi turuvchi mehnatsevarlik va mehnat
qurollari bilan muomala qila olish malakasining shakllanishi
sodir bo‘ladi. O'smirlik va ilk o‘spirinlik yoshida dastlabki yaxlit
o‘zini va olamdagi o‘z o‘rnini anglash vazifasi; bu vazifani hal
qilishdagi salbiy qutb — shaxsiy ≪Men≫ini (≪bir xillik diffuziyasi≫)
tushunishda ishonchsizlik paydo bo'ladi. 0 ‘sprinlikning oxiri va
yetuklikning boshlanishidagi vazifalar — umr yo‘ldoshini izlash
va yolg‘izlik tuyg‘usini bartaraf etuvchi yaqin do'stona aloqalarni
o‘rnatishdan iborat.
Yetuklik davri vazifasi — insondagi ijodiy kuchning qoloqlik
va turg‘unlikka qarshi kurashuvi. Keksalik davri hayotdan ehtimoliy
ixlosi qaytish va o‘sib borayotgan umidsizlikka qarama-qarshi
tarzda o‘zi, o‘z hayotiy yo‘li to‘g‘risidagi yakuniy yaxlit tasavvurning
shakllanishi bilan xarakterlanadi.
5.Shaxsning taraqqiyotida rivojlanish dinamikasi.
Vaqt olishi bilan psixologik yangi tuzilmalar jamlanib, asta-sekin rivojlanishning eski ijtimoiy holati bilan qarama-qarshilikka keladi, uning
buzilishiga va keyingi yosh davrida bolaning rivojlanishi uchun
yangi imkoniyatlarni ochuvchi, yangi munosabatlarni olishga olib
keladi. Shu tarzda psixologik yoshning almashinuvi sodir boladi.
L.S.Vigotskiy so‘zlari bilan aytganda, yosh rivojlanishining dinamikasi
shundadir.
D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqlarini
emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb
hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni — ≪bola rivojlanishining umumiy
egri chizig'ida uning o'rni va funksional ahamiyati bilangina
muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr≫ sifatida
ko'rib chiqqan. Har bir psixologik yosh o'zaro murakkab munosabatlarda
bo'lgan ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) rivojlanishning ijtimoiy holati; 2) yetakchi faoliyat; 3) asosiy yangi
tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy
sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi
faoliyat xarakteri sifatida aniqlanadi. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyatdagi
bolaning hayoti bilan, uning ikkinchi muhim tavsifini tashkil
etuvchi ushbu yosh uchun xarakterli bo‘lgan bolaning faoliyati
chambarchas bog’liq.
6.Rivojlanish psixologiyasining fan sifatida shakllanishi.