Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o’rtasidagi bog’lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi shaklning o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo’lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog’lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo’lish mumkin bo’lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo’lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga keliwswhwi.marxiivz.uzmumkin.
▶ Zaruriyatvatasodif.
▶ Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy- metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Dialektika qonunlari ob’ektiv dunyoning eng muhim aloqalari va munosabatlarini aks ettiradi. Ular birlikda va o‘zaro aloqada amal qilib, murakkab serqirra jarayon – ob’ektiv borliqning rivojlanishini tavsiflaydi. Dialektika qonunlarining amal qilish mexanizmini chuqur bilish va ulardan mohirona foydalanish yanglishish va xatolardan qutqaradi, kishilarning amaliy faoliyatiga yanada izchilroq va samaraliroq tus beradi.