Rivojlantirish



Yüklə 40,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.12.2023
ölçüsü40,68 Kb.
#170487
1   2   3   4
maktabgacha-ta-limda-inklyuziv-ta-lim-tizimini-rivojlantirish

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1215
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli 
maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim 
xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 
boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu 
qarorda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Maktabgacha 
ta’lim 
sohasidagi 
normativ-huquqiy 
bazani 
yanada 
takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning 
sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish 
imkoniyatlarini ta’minlash ko’zda tutildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini 
takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash 
maqsadida 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. 
 
MUHOKAMA 
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish 
konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab 
chiqildi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha 
rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi. 
Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga 
mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili 
tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi 
belgilandi. 
Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish, jumladan: 
2020 — 2022-yillar davomida: 
inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtirish; 
inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta va 
malakasi oshirish; 
inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi 
mustahkamlanishi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va 



Yüklə 40,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin