Rivojlantirish



Yüklə 40,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.12.2023
ölçüsü40,68 Kb.
#170487
1   2   3   4
maktabgacha-ta-limda-inklyuziv-ta-lim-tizimini-rivojlantirish

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1216
boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun 
uskuna va jihozlar bilan ta’minlanishi; 
inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
va innovatsion loyihalar joriy etish; 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv 
o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit 
shakllantirish; 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada 
bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish; 
inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining 
faoliyatiga joriy qilish; 
2023 — 2025-yillar davomida: 
inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida joriy qilish; 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish 
huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish; 
inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish; 
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, 
ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘rish; 
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining 
geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari soni optimallashtirish belgilab qo’yildi.
NATIJA
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, 
ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik 
tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega 
bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda 
bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar 
aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, 
o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus 
yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun 
tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. 
XULOSA 
Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati shundaki, imkoniyati 
cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog’lom bolalar qatoriga qo’shib sifatli ta’lim 



Yüklə 40,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin