Kompaniyaningbozornarxivauningo‘rniniqoplashqiymatio‘rtasidagi farq. Odatda yangi korxona tashkil etishdan ko‘ra, amalda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonani sotib olish osonroq kechadi. Nishon-kompaniya mulkiy kompleksining bozor bahosi kompaniyaning aktivlarini almashtirish uchun sarflanadigan sarf-xarajatlar qiymatidan past bo‘lgan hollarda, kompaniyani sotib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kompaniyaning bozor narxi va uning o‘rnini qoplash qiymati o‘rtasidagi farq sotib olinayotgan firmaning bozor va balans qiymatlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligidan kelib chiqadi.
2. Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning muvaffaqiyati omillari
Birlashish va sotib olishda yangi texnologiyalarni joriy etishning muvaffaqiyati quyidagi ikkita omilga bog‘liq:
Izlab topilgan sinergitik samaraga;
Xalqaro rivojlanishda samarali integratsiyaga. Yangi texnologiyalarni joriy etishda innovatsion rivojlanishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi:
Daromadlar sinergiyasi: eng yuqori innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish evaziga bozorga eng yuqori sifat darajasiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish (yangi mahsulotlar, bozorga chiqish sarflanadigan vaqtning kamligi) yoki bozorning to‘liq qamrovi (geografik va gamma mahsulotlar).
Xarajatlar sinergiyasi qo‘shib olishning uch modeli – (sotib oluvchi sotib olinayotgan kompaniyaning barcha tuzilmalarini to‘laligicha o‘zgartiradi), ustuvorlik (qo‘shib olish va sotib olish borasidagi qiyin kechgan muzokaralar natijasida yangi tuzilma borasida 50%-50% qaror qabul qilinadi), ikkita kompaniyaning qo‘shilishi jarayonida ikkita kompaniya-dan eng yaxshi tuzilma qoldiriladi.
O‘tgan asrning 80 - yillari va 2000 - yillari oralig‘ida muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz chiqqan bitimlarning ulushi keltirib o‘tilgan. Birinchi ustunda turdosh tarmoqlar va ikkinchi ustunda turdosh bo‘lmagan tarmoqlar aks ettirilgan.
Ayni damda, innovatsion mahsulotning tijorat yutug‘i ko‘p jihatdan iste’molchilarning: iqtisodiy modelning hayotiylik tsikliga, jamiyatdagi o‘zgarishlarga, birlamchi xulqning o‘zgarishi kabi elementlardan tarkib topgan xulq-atvorining o‘zgarishlariga bog‘liq.
Ushbu holatda quyidagilarni tushunish va anglab etish kerak:
iqtisodiy modellar bir necha o‘n yildan tortib bir necha asrga bo‘lgan hayotiylik davriga ega ekanligini;
Innovatsiyalarning eng yuqori darajada muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqorida tilga olib o‘tilgan to‘rt yo‘nalishlardan birining burilish pallasiga to‘g‘ri keladi. Turli vaqt oraliqlari bilan takrorlanib turuvchi tsikllarga moslashish innovatsion kompaniya muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim omili sanaladi, ammo bu o‘rinda quyidagi holatlarni hisobga olish talab etiladi:
Kompaniyaning xayotiy ritmi bilan innovatsion ritm bir-biriga mos kelmaydi;
innovatsion jarayon cheklangan sondagi xodimlar bilan hamkorlik darajasida amalga oshiriladi;
menejer innovatsion jarayonlarning borishini doimiy kuzatib borishi va ayni vaqtda ishlab chiquvchilar faoliyatining etarlicha erkin bo‘lishini ta’minlashlari talab etiladi.
Yangi texnologiyani sotib olgandan so‘ng, uning texnologiyaga moslashishga e’tibor qaratish ham muhimdir. Yangi texnologiyalarni moslashtirish samaradorligini tahlil qilish odatda, bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi, ya’ni: qo‘shilishdan oldin, dastlabki olti oy davomida, birinchi yarim yildan so‘ng. Odatda texnologiyani sotib olgandan keyin uni muvaffaqiyatli joriy etilishini tahlil qilish/auditdan o‘tkazishda quyidagi savollarga batafsil javob olishimiz kerak bo‘ladi: