AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
“Kompyuter injiniringi” kafedrasi
“
Kiberxavfsizlik asoslari
”fanidan
Amaliy ish-2
Mavzu: Ma’lumotlardan foydalanishning mantiqiy nazorati.
Bajardi: Zarifboyeva Sarvinoz
Guruh: 963-21
Tekshirdi:
Urganch 2022
Kompyuterda ishlash jarayonida ko‘pincha ma’lumotlardan birini yoki boshqasini
noqonunuy, ruxsatsiz ko‘rish va tahrirlashdan himoya qilish kerak. Ushbu vazifa odatda lokal
tarmoqda ishlayotganda, shuningdek turli vaqtlarda bir nechta foydalanuvchilar kompyuterdan
foydalana olganda paydo bo‘ladi.
Windows operatsion tizimining oldingi versiyalarida ma’lumotni ruxsatsiz kirishlardan
himoya qilish tizimi mavjud edi. Ushbu bo‘limda biz Windows 10 OTda ko‘rib chiqamiz.
Faylga kirish huquqini sozlash uchun faylni tanlab «sichqoncha»ning o‘ng tugmachasini
bosing va paydo bo‘lgan kontekst menyusidagi “Свойства” buyrug‘ini tanlang. Keyin ochilgan
oynada tarkibiy qism shaklda ko‘rsatilgan “Безопасность” yorlig‘iga o‘ting.
Rasmda faylga nisbatan “Пользователи” guruhining foydalanuvchilari “Чтение и
выполнение” (O‘qish va Bajarish) huquqiga ega.
“Безопасность” (Xavfsizlik) yorlig‘ida joriy ruxsatlarni, foydalanuvchi yoki
foydalanuvchilar guruhini qo‘shish yoki mavjud ruxsatlarni o‘zgartirish uchun “Изменить”
(O‘zgartirish) tugmasini bosing. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
Agar siz foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun ruxsatlarni o‘zgartirishni
xohlasangiz, “sichqoncha”ni bosish orqali guruhlar yoki foydalanuvchilar ro‘yxatidagi tegishli
pozitsiyani tanlang, so‘ngra tegishli katakchalarni belgilab oynaning pastki qismida “Запретить”
- ta’qiqlash yoki “Разрешить” - ruxsatni belgilang.
Ro‘yxatga yangi foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhini qo‘shish uchun "Dobavit "
(Qo‘shish) tugmasini bosing. Natijada rasmdagi oyna ko‘rinadi.
Bir vaqtning o‘zida ushbu maydonga bir nechta nomlarni kiritish mumkin – bu holda
ularni nuqta-vergul bilan ajrating.
“Проверить имена” (Ismlarni tekshirish) tugmachasi yordamida “Введите имена
выбираемых объектов” (Tanlangan obyektlarning nomlarini kiritish) maydonida ko‘rsatilgan
foydalanuvchi nomlari va foydalanuvchi guruhlari qidiriladi.
Ushbu oynaning yuqori qismida joylashgan “Выберите тип объекта” (Obyekt turini
tanlang) maydonida topilishi kerak bo‘lgan obyekt turi ko‘rsatilgan, masalan, siz faqat
foydalanuvchilar uchun ruxsat bera olasiz, yoki faqat foydalanuvchi guruhlari yoki o‘rnatilgan
xavfsizlik subyektlari uchun yoki barcha turdagi obyektlarni bir vaqtning o‘zida. Obyekt turlarini
tanlash uchun “Типы объектов” (Obyekt turlari) tugmachasini bosing, so‘ng ochilgan oynada
tegishli katakchalarni belgilab kerakli obyekt turlarini belgilang va OK ni bosing.
Ruxsatnomalarni o‘rnatish uchun foydalanuvchi yoki guruhni obyektlar ro‘yxatidan olib
tashlash uchun «sichqoncha»ni bosish bilan ro‘yxatdagi mos joyni tanlang va “ Удалить ”
(O‘chirish) tugmasini bosing. Bunday holda, ehtiyot bo‘lish kerak, chunki tizim o‘chirish
operatsiyasini tasdiqlash uchun qo‘shimcha so‘rov bermaydi, lekin tanlangan obyektni darhol
ro‘yxatdan o‘chiradi.
Xuddi shunday, siz papkalar uchun ruxsatnomalarni sozlashingiz mumkin. Shu bilan birga
papkalar va kataloglar uchun qo‘shimcha kirish parametrlarini ham sozlashingiz mumkin.
“Локальная политика безопастности” oynasini ochganimizda ushbu oyna hosil bo’ldi,
so’ng bu yerdan “Политики ограничeнного использования программ” bo’limidan
“Дополнитeльный правила” bo’limi tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |