ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 1254 www.ares.uz
ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor
kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz[1].
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, ko‘p
marotaba
ilg‘or pedagogik texnologiyani o‘rganib, ularni o ‘quv muassasalarimizga olib kirish
zarurligi uqtirilgan.
Ta’lim texnologiyalari - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi
o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni
qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy
mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish
va
ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi,
o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi,
kichik guruh, katta
guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va
boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy
ishlar samaradorligini
oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega[2].
Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol
darsning sifat va samaradorliginp oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini
topmoqda. Bu borada ancha-muncha tajriba to’plagan
tadqiqotchilar pedigogik
texnologiya darsining muvaffaqiyatlarini kafolatlovchi omil ekanligini ta’kidlab,
pedagogik jarayonlarni ilmiy loyihalashtirish, uni amalga oshirish,
loyihalashtirilgan
ta’lim tarbiya jarayonini amaliyotga aniq va ketma-ket tatbiq qilish xususida o’z fikr-
mulohazalarini
ommaning
diqqat-e’tiboriga
havola
etayotir.
Yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maqsad nima, uning afzaliklari,
darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan
iborat degan savolga
quyidagicha javob berish mumkin.
1. Yangi pedagogik texnologiya eng qulay va sodda usul.
2. Mustaqil fikrlashni o’rgatadi.
3. Ko’p tarmoqli.
4. Sodda, oson.
5. Esda qolishi kuchli.
6. Bilim boyligini oshiradi.
7. Vaqtdan yutamiz.
8. Qiziqarli o’tadi.
9. Darsning samaradorligini oshiradi.
10. Dunyoqarashni oshiradi.
11. Tafakkurni rivojlantiradi.