Robotic spine surgery clinical Case



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə6/6
tarix11.12.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#73832
1   2   3   4   5   6
06. Jarrohlik

Infiltratsion anesteziya

Infiltratsion anesteziya - keng tarqalgan boʻlib, tananing yuzasida, oyoq va qoʻllar, qorin boʻshligʻi kabi sohalarda oʻtkaziladigan kichik hajmli amaliyotlarni bajarishda qoʻllaniladi. Infiltratsion anesteziyani vujudga keltirish uchun anestetik eritmasi toʻqimalarga shpris yordamida katta bosim bilan yuboriladi. Toʻqimalar anestetik eritmaga boʻktiriladi, retseptor va nerv tolalari anestetik eritmasi bilan toʻqnashadi, natijada afferent impulsatsiya oʻtkazilishining toʻsilishi-blokada vujudga keladi.

Anesteziyaning bu usuli toʻqimalarni novokain eritmasi bilan boʻktirish va toʻqimalarni kesish jarayonini galma-gal qoʻllashdan iborat.

Regionar anesteziya

Regionar anesteziya - -nerv tizimining bosh miyadan pastki qismiga, yaʼni orqa miya segmentlari yoki afferent nerv tolalariga anestetiklar bilan taʼsir etib, shu segment yoki tolalar innervatsiya zonasida ogʻriqsizlantirish vujudga keltirishdir. Regionar anesteziya usuli bilan tananing bir boʻlagi butunlay ogʻriqsizlantirish vujudga kelishi sohalarni innervatsiya qiluvchi segment va nerv tolalari tomonidan impulslar oqimini oʻtkazish qobiliyatining vaqtincha yoʻqolishi natijasidir. Shuning uchun ham mahalliy ogʻriqsizlantirishning bu usuli oʻtkazuvchanlikni toʻsish anesteziyasi deb atash mumkin.

OPERATSIYADAN KEYIN BEMORLARNI PARVARISH QILISH

Operatsiya qilingan bemor toʻliq sogʻayib ketishigacha boʻlgan muddat operatsiyadan keyingi davr deb ataladi. Bu muddat 7-8 kundan bir necha oygacha choʻzilishi mumkin. Shuningdek, bu davrning kechishi ham turli-tuman boʻlib, bir qator sharoitga (operatsiyaning turi, narkoz turi va dozasiga, bemorning ahvoli, asoratlarga) bogʻliq boʻladi.


E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin