Robotlar haqida umumiy tushunchalar va ta'riflar. "Robot" so‘zi birinchi marotaba



Yüklə 59,99 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü59,99 Kb.
#195184
1   2   3
Robotlar haqida umumiy tushunchalar va ta\'riflar. Robot so‘zi

Agregat - modul qurish prinsipi maxsuslashgan sanoat robotlari qurishga imkon beradi, bu robotlar esa konkret texnologik masalani to‘liq yechadilar va ortiqcha funksiyalarga ega emaslar, shuning uchun ularning qiymati arzon bo‘ladi. Agregat - modul sanoat robotlarining qismlari avval yaratilgan qismlardan tanlanadi, bu esa loyihalash xarajatlarini kamaytiradi.
Sanoat robotlarini agregat - modul qurish prinsipining struktura sxemasi 1.6- rasmda keltirilgan.
Agregat - modul prinsipida qurilgan sanoat robotlariga “Pirin” (Bolgariya);
“Senior”, “Yunior” (Shvesiya); “RPM - 25”, “GNOM”, “LM 40” (Rossiya) robotlari misol bo‘la oladi.
“RPM - 25” agregat - modul roboti tarkibiga quyidagi modullar kiradi: statsionar va qo‘zg‘almas asos, siljish, ko‘tarish, radial yurish va boshqa modullar kiradi. Bu modullarni kombinatsiya qilib 95 ta modifikatsiyadagi sanoat robotlarini olish mumkin [18-23].
Modul konstruksiyali robotga “GNOM” robotini misol qilib keltirish mumkin. Bu robot 10 ta modullardan tashkil topgan, ular turli chiziqli, burchak harakatlarini qiladi va yig‘uv, yordamchi operatsiyalarni bajaradi, detallarni va ishchi asboblarni manipulyatsiya qilishda ishlatiladi. Uchta qisqich moduli (elektromagnit, vakuum va mexanik) va modul prinsipida qurilgan elektron boshqaruv sistemasiga ega.
Modul prinsipining qo‘llanilishi “GNOM” robotining 350 ga yaqin modifikatsiyalarini komponovka qilish imkoniyatini beradi va bu sanoat robotlari turli harakat darajalari soniga, yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega, ular yuqori unumdorlik va ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanligini amalga oshirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning murakkab masalalarini yechish uchun asosiy omillarni hosil qiladi. Sanoat roboti manipulyatorining unifikatsiyalangan modullari 1.7 - rasmda keltirilgan:

1.6 - rasm. Sanoat robotlarini agregat - modul qurishning struktura



1.7 - rasm. Robot manipulyatorining unifikatsiyalangan modullari:
1 - ko‘tarish va burilish moduli; 2 - burilish moduli; 3 - burilish va siljish moduli; 4 - ko‘tarish moduli; 5 - burilish va chiziqli harakat moduli; 6 - aylanish
moduli; 7 - tebranma harakat moduli; 8 - siljish moduli; 10 - 14 qisqich
modullari.

1.5 - rasmda keltirilgan robot modullari yetarli darajada universal hisoblanadi. Masalan, 1,2 yoki 1,8,6 hamda 10 - 14 modullar asosida “Siklon - 3B”, “PR - 10”, “MP - 5” sanoat robotlari manipulyatorining konstruksiyalarini; 3,7,10 modullar yordamida “MP1”, “Sport - 1”; 2,4,9,13 - modullar asosida “Universal”, “Yunimeyt” robotlari manipulyatorlari konstruksiyalarini hosil qilish mumkin [4].
Yüklə 59,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin