Rossiyaning iqtisodiy geografik tavsifi


Rossiya o`rmon resurslari



Yüklə 98,17 Kb.
səhifə5/14
tarix07.01.2024
ölçüsü98,17 Kb.
#202214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Rossiya

Rossiya o`rmon resurslariga juda boy bo`lib (yogoch zaxiralari 75 mlrd. m3 deb baxolanadi), dunyodagi o`rmonlarning 25 %i uning xissasiga to`g`ri keladi. O`rmonlar Sibir, Uzoq Sharq, Rossiya Yevropa qismida (Shimoliy Dvina, Pechora, Kama (Rossiya Yevropa qismining shimoli) daryolari xavzasida to`plangan. Ammo, o`rmonlardan majmuali foydalanish darajasi jixatdan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan ancha orqada.
Rossiya dunyo mamlakatlari o`rtasida nixoyatda xilma-xil o`simlik va xayvonot dunyosiga boyligi bilan ajralib turadi.
Rossiyada tabiatning go`zal manzaralari-flora va faunani saqlash maqsadida 100 dan ort tabiat qo`riqxonalari (33,3 mln. ga) va 5 ta milliy bog` (6,7 mln. ga) - Oltoy, Astraxan, Barguzin, Kavkaz, Pechora-Ilich va bod. tashkillangan.
Aholisi. Rossiya Federatsiyasi axolisi 2008 yil 141,9 mln. kishi bo`lib, dunyoda axoli soni jixatdan 8-o`rinda turadi (Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya, Braziliya, Nigeriya, Bangladesh). Rossiyaning Yevropa qismida 78,5 % va Osiyo kismida (Sibir va Uzoq Sharq) 21,5 % aholi yashaydi. Aholi juda notekis joylashgan bo`lib, ikkita, ya'ni, mamlakat xududining 1/3 kis­mida (Rossiyaning Yevropa qismi) 93 % axoli joylashgan «bosh mintaqa» va mamlakat xududining 2/3 qismida (Sibir, Uzos. Sharq,Chekka Shimol) 7 % aholi joylashgan «o`choq» mintaqalariga ajratish mumkin. Ros­siya bo`yicha axolining o`rtacha zichligi xar bir km kv. xududga 8 kishi (Yevropa qismida 27 va Osiyo qismida 2 kishidan ozroq). Markaziy Rossiya (Moskva va Moskva viloyatida 324 kishi) axoli zichligi shimolga, janub va sharqqa tomon kamayib boradi. Markaziy iktisodiy rayonda har 1 km2ga 62 kishi, Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayonida - 50,5, Mar­kaziy yevropa iqtisodiy rayonida 47,0 kishi to`g`ri kelsa, Uzoq ; sharqda 1,2, Sharqiy Sibirda 2,2 va Shimoliy iqtisodiy rayonlarda 4 0 kishidan to`g`ri keladi.
Bugungi kunda (2008 y.) tug`ilish koeffisienti 12/1000, o`lim koeffi­sienti 15/1000 va tabiiy o`sish koeffisienti manfiy ko`rsatkichga - 0,3 egadir. Hozirgi bosqichda demografik jarayon tugilish va tabiiy o`sish ko`zga tashlanadi. Bashoratlarga ko`ra, Rossiya axolisi 2025 yilda 129,3 mln. kishini tashkil etsa, 2050 yilga kelib axoli soni 110,1 mln. kishiga tushib qoladi. Axolining jinsiy tarkibida erkaklar 46,9 % va ayollar 53,1 % dan iborat. Mexnatga yaroqlilar aholi 57,0 %, (2007 yilda mexnatga yaroqli axoli soni 74,26 mln. kishini tashkil etdi.), mexnatga yaroqli yoshgacha bo`lganlar aholining22,4 % (axolining 1/3 qismidan ozrog`ini), katta yoshdagilar 20,6 %ni takil qiladi. Mexnat resurslari Rossiya axolisining 60% dan iborat.
Rossiya axolisining milliy tarkibi g`oyat xilma-xil va murakkab. 100-dan ortiq millat va xalqlar 7 ta til oilasi (Dind-Yevropa, Oltoy, Ural, Shimoliy Kavkaz, Chukotka-Kamchatka, Eskimos-aleut, Kartvel) tarkibiga kiradi. Eng ko`p tar`qalgan din - xristianlik (pravoslav), shuningdek, islom, buddizm xamda katolisizm, iudaizm va boshka dinlar xam mavjud. Rossiyada 12000 axolisi bo`lgan manzilgoxlar shahar maqomiga ega. Ammo Rossiya Federatsiyasi regionlari bo`yicha pgssar tushunchasiga turlicha yondashiladi. Rossiya Federatsiyasi yuqori urbanizasiyalashgan, shahar axolisi 73 % bo`lib, 1 mln. dan oryiq axoliga ega bo`lgan shaxarlarda 23 % shahar axolisi, 500 mingdan 1 mln.gacha kishigacha bulgan shaxarlarda 12,8 %, 100000 dan 500000 gacha axoli bo`lgan shaxarlarda 27,2 %, 100000 gacha axoliga ega bo`lgan shaxar­larda 25,2 % aholi yashaydi. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida 13 ta millioner shaxarlar bor va 20 ta shaharda 500 mingdan 1 mln.gacha aholi yashaydi. Yirik shaxar aglomerasiyalari - megalopolislar shakllangan (Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Yekaterinburg, Samara, Novosibirsk va bosh.).

Yüklə 98,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin