Ro‘yxatga olindi № bd-5111800- 07



Yüklə 80,57 Kb.
səhifə2/16
tarix24.10.2023
ölçüsü80,57 Kb.
#160948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mat tas dastur 2022-2023 SIRTKI ohirgi (3)(1)

II.Fanning mazmuni
Fanni o'qitishdan maqsad- Matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining predmeti rivojlanishi qonuniyatlarini va maktabgacha ta'lim tashkilotidagi maqsadga qaratilgan ta'lim jarayonida bolani talabga to'iq javob beradigan darajada matematik rivojlantirishni ta'minlovchi pedagogik sharoitni o'rganish va amaliyotda qo'llay olish kunikmalarini xosil qilish.
Fanning asosiy vazifalari - Talabalarda maktabgacha ta'lim tashkilotida matematika elementlariga o'rgatishning nazariy va amaliy bilimlarini egallash
bolalarning matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, maktabgacha ta'lim muassasasi ishining mazmuni va metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.Mashg'ulotlarni rejalashtirish,mashg'ulot ishlanmalarini tuzish va taxlil qilish, metodik usullari va ta'limiy o'yinlar tanlash, ular bilan mazmuni va
metodlarini tahlil qilishning kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishni ta'minlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning vazifalari (ta'limiy tarbiyaviy).O'qitish mazmuni va yo'llarining umumiy tavsifi bilan qurollantirish.


III. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)
III.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-modul. Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasining nazariy asoslari.
1-mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik
rivojlanishining nazariy asoslari.
Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining metodologik, psixofiziologik va psixologik-pedagogik asoslari, o'qitish usullari va vositalari. O'quv fanining fundamental fanlar bilan aloqasi: falsafa, psixologiya, pedagogika, matematika va boshqalar.
O'quv fanini rivojlantirishning asosiy bosqichlarining umumiy tavsifi.
1 bosqich: usulning empirik rivojlanishi. Matematik rivojlanish g'oyalarini asoslash
2-bosqich: maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanish nazariyasi va usullarini shakllantirishning dastlabki bosqichi.
3-bosqich: shakllantirishning ilmiy asoslangan didaktik tizimi elementar matematik tasavvurlar.
Muxammad ibn Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid G'iyosiddin al-Koshiy, Ulug'bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida dastlabki ma'lumotlar. Psixologik – pedagogik adabiyotlarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari. Maktabgacha ta'limda zamonaviy yondashuvda jahon tajribalari.

Yüklə 80,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin